So’nggi yangiliklar

01:43Фламарион нима сабабдан кўп ўйинларда қайдномага киритилмагани ва Габриэль Жезус билан муносабати ҳақида гапирди  0 01:38Азим Аҳмедов: "Навбаҳор"нинг биринчи даврадаги иштирокини 7-8 баллга баҳолаган бўлардим"  0 01:27Камолиддин Тожиев: "Биз ҳали чемпионлик пойгасини тарк этмадик. Абдиҳолиқов 100% ҳал бўлди"  1 01:23Сергей Лушчан: "5-8та гол ўтказиб юбормаганимиз яхши бўлди. Таркибимиз ўзгармаяпти"  2 01:19Сардор Собирхўжаев: "Бу ўйинда қайси жамоа биринчи гол урса, ўша ғалаба қозонарди"  0 00:58Рўзиқул Бердиев: "Бугунги ўйинда фақатгина ВАР бўлмагани баҳсли вазиятга айланди"  11 00:40Алишер Одилов: "Голим ҳисобланганда, ўйин бошқача бўларди. Буёғи ҳакамнинг виждонига ҳавола"  10 23:32"Барселона" яна Рэшфорд билан музокараларни бошлади  5 22:35Рэшфорднинг келажаги бўйича музокаралар келаси ҳафта бўлиб ўтади. Маркус МЮ ва Аморимнинг режаларига кирмаслигини қабул қилди  7 21:59Суперлига. Пешқадам "Насаф" Самарқандда жанговар дуранг қайд этди  110 21:57Суперлига. "Пахтакор" гол инобатга олинмаган ўйинда "Навбаҳор"ни мағлуб этди  216 21:41"Ал Ҳилол" Тео учун 20+5 млн евро таклиф қилди. "Милан" 25 млн олмоқчи  6 20:58"Бавария" ва "Ливерпуль" француз иқтидори учун баҳслашади  7 20:18Сергей Чигодаев: "Вазиятларимиз жуда ҳам кўп бўлди, лекин уларни голга айлантира олмадик"  6 19:25Халқаро турнир. Ўзбекистон U-16 иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  12

Ro'ziqul Berdiev: "Bizda har yili ikkita yoki uchta Oston O'runovga o'xshagan futbolchilar chiqyapti" Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: "Bizda har yili ikkita yoki uchta Oston O'runovga o'xshagan futbolchilar chiqyapti"

Coca Cola Superliganing 9-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "Nasaf" (2:2) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev o'z fikrlarini bildirdi.




"O'ylamanki, bugun har ikki jamoa ham o'z saviyasiga yarasha o'yin namoyish etishdi. Ikki jamoa ham yaxshi o'ynadi. Ikki marta hisobda oldinda borib, g'alabani qo'ldan chiqarish alamli bo'ldi. O'yin teng kurashlar ostida o'tdi.  Uchrashuv oxirida mezbonlar ham g'alabani ilib ketishlari mumkin edi. G'alabani ushlab qola olmaganimiz biz uchun muvaffaqiyatsizlik bo'lishi mumkin. Lekin, yuqorida takidlaganimdek o'yinlar teng kurashlar ostida o'tdi. Bu yil Qo'qonda juda yaxshi jamoa shakllangan. O'yinlarini kuzatganimizda shunga amin bo'ldikki jamoa jangovor ruhda o'yin ko'rsatmoqda.

 Aytishimiz kerakki, har ikki golda ham darvozabonlarimiz xato qilishdi.Biz bunday xatolarni kutmagan edik.  Birinchi goldan keyin Mashhurni almashtirdim. Lekin, uni o'rniga tushgan Abduvohid ham to'pga otilishda xato qildi. 

Bugun boshlang'ich tarkibda uchta o'zgarish qilishimizning asosiy sababi ayrim futbolchilarimizning  jarohati bor edi. Qolaversa, yoshlarga imkon berishga harakat qilpyamiz. Aliqulov biroz betob edi, o'zini yomon his qildi. Rahmatullaevni o'rniga esa Akmal Mozgovoyni tushirdik, Akmal bugun yomon o'ynamadi va uchinchi o'zgarish Bobur Abduxoliqov bilan bog'liq. Bobur barcha o'yinlarda maydonga tushib kelmoqda va unda charchoq alomatlari sezilmoqda, yana uni natijalari ham qoniqarli emas.  Ohirgi o'yinlarda yoshlarga ishonch bildirishda davom etyapmiz. Akmal "Metallurg" bilan o'yinda g'alaba to'pini kiritdi. 

Mashg'ulotlarni salqin paytda o'tkazish mumkin. Lekin rasmiy o'yinlarda bunday qilib bo'lmaydi. Yoz oyida o'ynash oson emas. Issiqda o'ynash futbolni tempini pasaytiradi. Ammo bu vaqtinchalik holat deb o'ylayman. Hozir vaziyat shunaqa. Qolaversa o'yinlar  muxlislarsiz  ham bo'lmoqda. Ammo o'yinlarning televizor orqali jonli namoyish etilayotgani ham muxlislarga manzur bo'lmoqda. Bugungi jangovar o'yindan muxlislar zavq olishmoqda, deb o'ylayman. 

Ha, bizda har yili ikkita yoki uchta Ostonga o'xshagan futbolchilar chiqyapti. Oston Rossiyada, Jasur Belorus chempionatida o'zini ko'rsatmoqda. Aziz ham hali amirliklarda o'zini ko'rsata oladi. Uni imkoniyatlarini bilaman. Yoshlarga ishonish kerak. Bo'lmasa qolib ketaveradi. Masalan, kecha "Paxtakor" bilan o'yinda AGMK safida maydonga tushgan yosh futbolchi yomon taassurot qoldirmadi. Bundan qo'rqish kerak emas

Yoshlarga ko'proq imkoniyat berish kerak, deb hisoblayman. Bu ularning o'ziga bo'lgan ishonchini ortiradi. 

Markazlashgan bahslar haqida shuni aytishim lozimki, vaziyat og'irlashsa, o'yinlarni to'xtatib turish kerak. Insonlarni sog'lig'i birinchi o'ringa chiqishi kerak. Men shunaqa fikr bildirdim.  Lekin o'yinlar qanday reglamentda bo'lsa shu holatda davom ettirish tarafdoriman. Markazlashgan holatda o'tkazish qaysidir jamoaga qulay yoki noqulay bo'lishi mumkin",- deydi Ro'ziqul Berdiev.

Reyting: +34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика