So’nggi yangiliklar

02:40А Серия. "Рома" "Женоа"ни мағлуб қилди, Шомуродов захирадан майдонга тушди  5 02:25Бундеслига. "Боруссия" кетма-кет учинчи мағлубиятини қабул қилиб олди  0 01:58Расман: Хвича - ПСЖ футболчиси!  0 01:30"Манчестер Юнайтед" тарихидаги энг яхши тўпурарлардан бири вафот этди  0 00:52"Манчестер Юнайтед" ва ПСЖнинг собиқ футболчиси "Бока Хуниорс"га ўтди  0 00:26Абдуқодир Ҳусанов тиббий кўрикдан ўтди  11 00:15Саудия Арабистони. "Ал Насср" яна очко йўқотди  0 23:59Аёллар ОК-2025 саралаши. Ўзбекистон Австралияга мағлуб бўлган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  0 23:00Янгиланаётган "Пахтакор" ёхуд Педру Морейра йиғаётган португал забон "банда"  5 22:47"Милан"га "Челси" футболчиси керак  0 22:11Ўзбекистон U20 Сурия билан дуранг ўйнади  1 21:56Неймар "Барселона"дан кетиши сабабини айтди  5 21:36Қозоғистонлик футболчи "Челси"га ўтади!  28 20:47"Андижон" Бубанья ва Маматказин билан хайрлашди  17 20:15Гарначо Лондон жамоасига ўтиши мумкин  5

Ro'ziqul Berdiev: Bugun ikkala jamoa ham oxirigacha kurashdi Yangiliklar

Ro'ziqul Berdiev: Bugun ikkala jamoa ham oxirigacha kurashdi

Bugungi uchrashuvdan so'ng, jamoa bosh murabbiyi Ro'ziqul Sadullaevich o'yin haqidagi boshqalar haqida quyidagi fikrlarni bildirib o'tdi.

- Bugun maydonda murosasiz kurashga boy uchrashuvni guvohi bo'ldik. Ikkala jamoa ham o'yin oxirigacha kurashdan to'xtamadi. Raqibimizni yaxshi o'rgangan edik va ularning amalga oshiradigan standart vaziyatlari juda xavfli ekanligini ham bilar edik.  Bu haqda futbolchilarimizni ogohlantirgan edik. Ammo bugun aynan raqibimiz bizni ana shu standart vaziyatlardan jazoladi. O'ylaymanki, “Qizilqum” jamoasi ham bizga qarshi uchrashuvga puxta tayyorgarligi o'yin davomida sezilib turdi. Ular ham bugungi uchrashuvda astoydil harakat qilishdi. Buning evaziga ular ham bugun bir ochkoni haqqoniy qo'lga kiritishdi.
 
Har o'yinda har xil tarkib? Albatta, o'z-o'zidan malumki, raqiblarimiz bizni ham har bir o'yindan oldin yaxshilab o'rganishadi. SHuning uchun o'yin taktikasiga qarab tarkibga o'yinchi tanlaymiz. Bazan tanlagan o'yin uslubimizga mos keladigan o'yinchilar bilan alohida tayyorgarlik ko'ramiz. Bu albatta har xil tarkib bilan maydonga tushishimizga olib keladi. Ammo bugun darvozabonimiz Eldor Suyunovning engil jarohati borligi uchun, uni maydonga tushirmadik. U nafaqat jamoamizning asosiy o'yinchisi hisoblanadi, o'zingizga malum, u shuningdek terma jamoamizga ham doimo jalb etilib turiladi. SHularni hisobga olib bugun tavakkal qilmadik. Krasichning maydonga tushirilmaganligiga uning o'tgan o'yinda qizil kartochka olganligi sabab bo'ldi.
 
SHuni alohida takidlab o'tishni istardim, “Qizilqum” jamoasining ham infratuzilmasida katta ijobiy o'zgarishlar ro'y beribdi. Misol tariqasida bugun o'yin bo'lib o'tgan stadiondagi sharoitlar, maydonnning holati va boshqalar bizni ham ancha quvontirdi. O'ylaymanki bunday etibor va mavjud sharoit “Qizilqum” klubining yanada rivojlanishiga omil bo'ladi. Umid qilamizki, klubga bo'lgan etibor hech qachon so'nmaydi.
 
Maqsadimiz? Biz hamisha yuqori o'rin uchun va O'zbekiston Kubogini qo'lga kiritish uchun kurashaveramiz. Hech bo'lmaganda, o'tgan yilgi natijani takrorlashimiz kerak.
- See more at: http://fcnasaf.uz/index.php/news/view?v=3214#sthash.D6XBdM93.dpuf

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика