Ro'ziqul Berdiev: "5:0 hisobi bizni to'liq qoniqtiradi"
11 may 2014 11:13
Yangiliklar
Ro'ziqul Berdiev: "5:0 hisobi bizni to'liq qoniqtiradi"
Matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Nasaf” ustozi Ro'ziqul Berdiev ishtirok etdi.
- Ishonchli g'alabaga erishdik. Asosiy vazifamiz chorak finalga chiqish edi. O'ylaymanki, biz bunga juda yaqinlashdik, -deya gap boshladi Ro'ziqul Sadullaevich.
- Hisob bizni to'liq qoniqtiradi. Natija o'yinga mos bo'ldi. Bu g'alaba bilan barcha muxlislarni tabriklayman. May oyida yana ikki marta “Andijon” bilan safar kuch sinashamiz. Baribir asosiy etiborni chempionatdagi o'yinga qaratamiz. CHunki bundan buyog'iga ochko yo'qotmasligimiz zarur. Qolaversa “Andijon”dan oldin chempionat doirasida Qarshida “Bunyodkor”ga qarshi o'ta muhim o'yin kutib turibdi. Endi bor etiborimizni ana shu o'yinga qaratamiz.
-Bugun Igor Taran ikkinchi bo'limda maydonga tushdi va gol urdi...
-Taran mamlakatimizdagi tajribali futbolchilardan biri hisoblanadi. Biz uni bejizga jamoaga taklif qilmaganmiz. To'g'ri, mavsum boshida jarohatlari bois u o'tgan o'yinlarda maydonga tusha olmadi. Biroz o'yin amaliyotiga ega bo'lsa, uning jamoamizga yordami tegadi.
- Oxirgi ikki o'yinda Maqsud Karimov maydonga tushmadi? Gadoev qachon safga qaytadi?
- Maqsudni kichik jarohati bezvota qilayotgandi. Ammo hozir u umumiy guruhda mashg'ulotlarni boshlagan. Gadoev esa shifokorlarimizning aytishicha, ikkinchi davradan maydonga tushishi kutilmoqda. Albatta, jarohatlangan Gadoev, SHomurodov maydonga qaytsa, Taran o'z “forma”siga qaytsa, jamoamiz o'yini yanada kuchayishiga umid qilsa bo'ladi.

Fikrlar