Roys qaysi jamoada faoliyatini yakunlashni istayotganini aytdi
21 mar 2023 21:32
Yangiliklar
Roys qaysi jamoada faoliyatini yakunlashni istayotganini aytdi
Dortmundning "Borussiya"si futbolchisi Marko Roys ushbu jamoada faoliyatini yakunlashni istayotganini aytdi.
"Faoliyatimning yakuniga qadar shu erda bo'lishni istayman, Dortmundda faoliyatimni yakunlash niyatim bor. Bu borada muzokaralar olib boryapmiz. Balki yaqin vaqtlar ichida yangiliklar bo'lib qolar", - dedi futbolchi jurnalist Alfredo Pedullaga.
33 yoshli futbolchi bilan klub o'rtasidagi kelishuv yozda yakuniga etadi. Oldinroq futbolchi jamoa tarkibidagi 161-golini urib, klub tarixidagi to'purarlar reytingida etakchilikni qo'liga olgandi.
Fikrlar