“Rostov” klubining sobiq hujumchisi Lixtenshteyn jamoasiga o'tdi
08 avg 2017 03:10
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/269775_original.jpg)
![](/upload/storage/269775_220.jpg)
“Rostov” klubining sobiq hujumchisi Lixtenshteyn jamoasiga o'tdi
Rossiyaning “Rubin” hamda “Rostov” klublari sobiq hujumchisi Marko Devich faoliyatining Lixtenshteyn jamoasida davom ettiradi.
Devich “Vaduc” klubi bilan shartnoma imzoladi. Lekin bu jamoa SHveycariya chempionatida ishtirok etadi. O'tgan mavsum yakunlariga ko'ra “Vaduc” oliy divizionni tark etib, ikkinchi ligaga tushib ketgandi.
Asli kelib chiqishi serbiyalik
bo'lgan ukrainalik bu futbolchi “Vaduc” bilan bir yillik shartnoma imzoladi. Devich
o'tgan mavsumning ikkinchi yarmini “Rostov” tarkibida o'tkazgandi. Iyun oyida esa 33
yoshli hujumchi kelishuvni bekor qilgan edi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar