Rossiyalik darvozabon Angliya klubi azosiga aylandi
26 jan 2023 12:23
Yangiliklar
Rossiyalik darvozabon Nikita Xaykin CHempionshipning "Bristol Siti" jamoasi futbolchisi bo'ldi. U klub bilan joriy mavsum oxirigacha shartnoma imzoladi.
"Angliyaga qaytish har doim mening orzum bo'lgan. Bu erga kelganimdan juda xursandman. Bristolda ko'rganlarim menga yoqdi – klub infratuzilmasi yuqori darajada. Men juda raqobatbardosh ligada o'ynab, o'zimni sinab ko'rishni intiqlik bilan kutyapman", – dedi Xaykin ingliz klubi rasmiy saytiga.
Avvalroq 27 yoshli Xaykin Norvegiyaning "Budyo-Glimt" klubida o'ynagan va jamoasiga 2020 va 2021 yillarda mamlakat chempioni bo'lishiga yordam bergan.
Darvozabon faoliyatini "FSHM Torpedo" klubida boshlagan. Keyinchalik Moskvaning "Dinamo", Angliyaning "CHelsi", "Portsmut", "Reding" klublari akademiyalarida shug'ullangan.
"Bristol Siti" CHempionshipda 17-o'rinni egallab turibdi.
Fikrlar