Rossiyada "Paxtakor" va "Zenit" faxriylari o'rtasida "Paxtakor-79" xotira uchrashuvi bo'lib o'tadi
11 avg 2022 17:08
Yangiliklar


Rossiyada "Paxtakor" va "Zenit" faxriylari o'rtasida "Paxtakor-79" xotira uchrashuvi bo'lib o'tadi
SHu munosabat bilan 13 avgust kuni Rossiyaning Pushkin shahrida joylashgan "Carskoe selo" stadionida "Paxtakor-79" marhum azolari sharafiga bahs bo'lib o'tadi. Unda "Paxtakor" hamda "Zenit" faxriy futbolchilari maydonga chiqishadi.
O'yin Rossiya Federaciyasi Sport vazirligi, Sankt-Peterburg hukumati ko'magi bilan Yuriy Berestovning "Ayra" texnoparki, Marat Kabaev boshchiligidagi Xalqaro Islom biznesi associaciyasi tomonidan tashkil qilinmoqda.
Maxsus o'yinda afsonaviy Rinat Dasaev, "Zenit" fayriylari – Dmitriy Radchenko, Aleksandr Spivak, Yuriy Jeludkov, Boris CHuxlov, "Paxtakor" faxriylari – Anatoliy Solovyov, Andrey Pyatnickiy, Aleksandr Tixonov va boshqalar qatnashishadi.
SHuningdek, o'zbek futboli fidoyilari, halok bo'lgan "Paxtakor-79" jamoasi azolari oilalari va yaqinlari uchrashuv mehmoni bo'lishadi.
Uchrashuv sanasi: 2022 yil 13 avgust
Boshlanish vaqti: 14:00
Stadion manzili: Rossiya. Sankt-Peterburg. Pushkin shahri, Leningrad ko'chasi, 83 B
Mavlon SHukurzoda
O’xshash yangiliklar

Fikrlar