Rossiyada o'ynayotgan o'zbekistonlik futbolchi jiddiy jarohat oldi
01 avg 2018 08:15
Yangiliklar
Rossiyada o'ynayotgan o'zbekistonlik futbolchi jiddiy jarohat oldi
"Nijniy Novgorod"ga qarshi Rossiyaning ikkichi darajali ligasi uchrashuvida jarohat olgan "Tambov" yarim himoyachisi, hamyurtimiz Vagiz Galiulin yil oxirigacha safdan chiqdi.
Bu haqda klub matbuot xizmati malum qildi.
Eslatib o'tamiz, futbolchi bahsning 58-daqiqasida erga noqulay yiqildi va tezlashmoqchi bo'lganida qattiq og'riq his qildi. SHundan so'ng Galiulin almashtirildi.
Galiulin operaciya uchun Finlyandiyaga yuboriladi. Futbolchi to'rt oydan so'ng mashg'ulotlarga qaytishi, besh oyda maydonga tusha olishi mumkin bo'ladi.
Fikrlar