Rossiyada Evropa jamoasi chempion bo'ladi
07 iyu 2018 01:07
Yangiliklar
Rossiyada Evropa jamoasi chempion bo'ladi
JCH-2018 chorak finali doirasidagi Belgiya - Braziliya uchrashuvida Janubiy Amerika jamoasi mag'lub bo'ldi.
SHu tariqa, ayni paytga kelib mundialda faqat Evropa qitasi terma jamoalari qoldi xolos.
Ertangi chorak finallarda Rossiya - Xorvatiya va SHveciya - Angliya to'qnash kelishadi. Franciya va Belgiya esa yarim finalga chiqib bo'lishdi.
Malumot uchun, Evropa terma jamoalari shu kunga qadar 11 marta Jahon chempioni bo'lishgan. Ikkinchi o'rinda Janubiy Amerika qitasi bormoqda - 9ta chempionlik. Boshqa hech qaysi qita jamoasi mundialda g'olib bo'la olmagan.
Eslatib o'tamiz, oxirgi uchta mundialda muntazam ravishda Evropa jamoalari chempion bo'lishgan: Italiya, Ispaniya va Germaniya.
Bu yilgi mundial finali 15 iyul kuni bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar