Rossiya terma jamoasi iyunda Vengriya va CHili bilan o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazadi
08 mar 2017 19:43
Yangiliklar


Rossiya terma jamoasi iyunda Vengriya va CHili bilan o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazadi
Rossiya futbol ittifoqining malum qilishicha, Konfederaciyalar Kubogi-2017dan oldin Rossiya terma jamoasi ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishi bo'yicha kelishuv imzolandi.
5 iyun kuni Stanislav CHerchesov shogirdlari Budapeshtdagi "Groupama Arena"da Vengriya bilan o'ynashadi. 9 iyun kuni Moskvada CHiliga qarshi bahs bo'lib o'tadi. Uchrashuv boshlanish vaqti keyinroq elon qilinadi.
Eslatib o'tamiz, Rossiya terma jamoasi 24 va 28 mart kuni Krasnodar hamda Sochida Kot'd-Ivuar va Belgiyaga qarshi nazorat bahslari o'tkazadi.

Fikrlar