Ronalduning onasi o'g'li qachon faoliyatini yakunlashi haqida aytdi
12 may 2018 10:30
Yangiliklar
Ronalduning onasi o'g'li qachon faoliyatini yakunlashi haqida aytdi
"Real" forvardi Krishtianu Ronalduning onasi Dolores Aveyru uning o'g'li yuqori saviyada qancha o'ynay olishi haqida gapirdi.
"Ona sifatida Krishtianu haqida yozilayotgan salbiy narsalardan siqilaman. Bazida juda og'ir. Ammo bunga etibor bermaslikka harakat qilaman. CHempionlar ligasining yirik o'yinlarida havotir olaman. Odatda o'yindan bir soat oldin tiz cho'kib, duo qilaman. Futbolni televizordan tomosha qilishni maqul ko'raman, chunki ko'p hayajonlanaman. Bir marta xatto xushimdan ketib qolganman. SHu sababli o'g'lim stadionga borishni taqiqlab qo'ydi.
37 yoshgacha futbol o'ynaydigan futbolchilar bor. Krishtianu mashina emas, ammo u yana 3 yoki 4 yil o'ynaydi" - deydi Ronalduning onasi.
Fikrlar