Ronalduda 28, Messida 35ta

Mirjalol Normatov
21 apr 2019, 12:14
Krishtianu Ronaldu kecha "Yuventus" bilan birgalikda A Seriya chempionligini rasmiylatirdi.

Bu sovrin portugaliyalikning faoliyatidagi 28-si bo'ldi. U bunga qadar 5 marta YCHL, 4 marta klublar o'rtasidagi jahon chempionati, 3 martadan APL, 2 marta LaLiga, Ispaniya kubogi, Angliya liga kubogi, UEFA hamda Ispaniya Superkubogi, 1 martadan A Seriya, Angliya Kubogi, Italiya Superkubogi, Portugaliya superkubogi hamda Yevropa chempionligini qo'lga kiritgan.

"Barselona" forvardi Leo Messida esa bu sovrinlar soni 35tani tashkil qiladi. Shulardan 13tasi klublar miqyosida qo'lga kiritilgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: OPTA