Ronaldu "Yuve" rahbariyatiga ketishni xohlayotganini bildirdi. U klub bazasidagi shkafdan narsalarini olib ketdi
27 avg 2021 10:16
Yangiliklar
Ronaldu "Yuve" rahbariyatiga ketishni xohlayotganini bildirdi. U klub bazasidagi shkafdan narsalarini olib ketdi
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu mavsumlar oralig'ida jamoasini o'zgartirmoqchi.
36 yoshli futbolchi Turin klubidan ketishga qaror qildi, u bu haqda rahbariyatni ogoh etdi va uni sotishlarini so'radi. Bu haqda insayder Fabricio Romano xabar bermoqda.
Janluka Di Marcioning malumotiga ko'ra, futbolchi "Yuve" bazasidagi o'zining shkafidan narsalarini olib ketgan.
Oldinroq malum bo'lganidek, portugaliyalikning agenti Jorje Mendesh hujumchining transferi borasida "Manchester Siti" bilan muzokaralar olib bormoqda.
"Yuventus" Ronaldu uchun kamida 25 mln evro so'ramoqda va uni tekinga qo'yib yubormoqchi emas.
Fikrlar