Ronaldu: "Italiya, "Yuve", Turin - sizlar doim mening qalbimda qolasizlar!"
27 avg 2021 23:53
Yangiliklar
Ronaldu: "Italiya, "Yuve", Turin - sizlar doim mening qalbimda qolasizlar!"
"Manchester Yunayted"ga o'tgan futbolchi o'z "instagram" sahifasi orqali, "Yuve" bilan hayrlashuv maktubini qoldirdi.
"Men bugun ajoyib bir klubdan ketmoqdaman. Italiyadagi eng katta, dunyodagi eng zo'r klublardan biridan. Men oxirgi kunlarimga qadar bor yuragim va qalbimni klub uchun berib keldim. "Yuve" doim meni hurmat qildi. Men esa har bir o'yinda jang qildim. Menga ko'rsatilgan hurmatni oqlashga har bir o'yin, musobaqa va mavsumda harakat qildim. Orqaga qaraganimizda esa, juda ko'p narsalarga erishganimizni anglash mumkin. Barchasi biz kutgandek bo'lmadi, ammo biz juda chiroyli hikoya yaratdik.
Men har doim sizlarning biringiz bo'lib qolaman. Sizlar esa mening tariximning bir qismi sizlar, huddi men sizlarning bir bo'lagingiz bo'lganim kabi. Italiya, "Yuve", Turin - sizlar doim mening qalbimda qolasizlar!"
Fikrlar