Rasman: Ronaldu "Al Nassr"da qoldi!
26 iyu 18:47
Yangiliklar


Rasman: Ronaldu "Al Nassr"da qoldi!
“Oltin to'p”ning besh karra sohibi, Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Al Nassr" bilan shartnomasini uzaytirdi, deb xabar bermoqda Saudiya Arabistoni futbol klubi matbuot xizmati.
40 yoshli hujumchi 2023 yil boshidan buyon "Al Nassr"da to'p tepmoqda, uning avvalgi shartnomasi 30 iyunda yakuniga etardi.
Hujumchi bilan yangi shartnoma 2027 yilning yoziga qadar amal qiladi.
O'tgan mavsum yakunida Ronaldu 25 ta gol urib, Saudiya Arabistoni chempionatining eng yaxshi to'purariga aylandi.
Portugaliyalik futbolchi besh karra Chempionlar Ligasi g'olibi, Evropa chempioni, Millatlar Ligasining ikki karra g'olibi, terma jamoalar tarixidagi eng yaxshi to'purar sanaladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Худди гном бирон лигани ўртамиёна клубига бориб ўша жамоани чемпион қилганидек ўзингча хейт қиласан.
Псж месси сиз хам лига1 чемпион бўлган усиз хам бўлаверади. Ёнига неймар, суарес бўла туриб чемпион лигасида юта олмади?