Ronaldu Gana ustidan qozonilgan g'alaba haqida: "Bu endigina birinchi qadam!"
25 noy 2022 12:56
Yangiliklar


Ronaldu Gana ustidan qozonilgan g'alaba haqida: "Bu endigina birinchi qadam!"
Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Qatarda davom etayotgan JCH-2022 guruh bosqichi 1-tur uchrashuvida Gana ustidan qozonilgan mag'lubiyatdan so'ng (3:2) o'z his-tuyg'ulari bilan o'rtoqlashdi.
"Jahon chempionatidagi birinchi o'yindagi g'alaba juda muhim, ammo hozircha biz hech narsa yutganimiz yo'q! Bu endigina birinchi qadam!
Biz maqsad sari intilyapmiz. Olg'a, Portugaliya!", – dedi Ronaldu.
37 yoshli Krishtianu Ronaldu beshta Jahon chempionatida gol urgan tarixdagi birinchi futbolchiga aylandi.
Portugaliya 28 noyabrda 2-tur doirasida Urugvayga qarshi o'ynaydi, Gana termasi esa shu kuni Janubiy Koreyaga qarshi bahs olib boradi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar