Ronaldu: “750 ta gol, 750 ta quvonchli lahzalar, muxlislarimiz yuzidagi 750 tabassum”

Eldor Akmurzayev
3 dek 2020, 21:20
Chempionlar Ligasi doirasida o'tgan “Yuventus” – “Dinamo K” bahsida (3:0) gollardan birini o'z hisobiga Krishtianu Ronaldu yozib qo'ydi.

Bu portugaliyalik yulduzning faoliyatidagi 750-gol sifatida yozildi.

“750 ta gol, 750 ta quvonchli lahzalar, muxlislarimizning chehrasidagi 750 tabassum. Bunday aqlbovar qilmas darajada gollar urishimga yordamlashgan barcha futbolchi va murabbiylarga rahmat. Meni har kuni ko'proq va yanada ko'proq mehnat qilishga undagan raqiblarimdan ham minnatdorman”, deya yozgan o'z sahifasiga Ronaldu.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/Cristiano