Ronaldo Braziliya termasiga JCHda nima etishmaganini aytdi
25 dek 2022 10:34
Yangiliklar


Ronaldo Braziliya termasiga JCHda nima etishmaganini aytdi
Sobiq futbolchi Ronaldo Braziliya termasining JCH-2022dagi ishtiroki haqida gapirdi.
"Garchi chorak finaldayoq turnirni tark etgan bo'lsa-da, terma JCHni yaxshi o'tkazdi. Jamoaga strategik yo'nalish etishmadi. Xorvatiyaga gol urilganidan keyin jamoa o'z o'yinini yo'qotib qo'ydi.
Bosim berayotgan paytda yanada yaxshiroq harakat qilishni o'rganish kerak. Bor kuchni ikkinchi golni urish uchun ishlatib yuborish yaramaydi. To'pni ushlab turish, o'yinni nazorat qilish, raqibni shunchaki to'psiz o'ynatish bilan vaqtni o'tkazish kerak edi.
Faqatgina shu etishmadi", - dedi Ronaldo.
O’xshash yangiliklar
12:18
JCH-2026 saralashi. Timur Kapadze 4-bosqichga qura tashlab berdi: Qatar va BAA bitta guruhda 33

Fikrlar