Ronald Kuman uzoq muddatga diskvalifikaciya qilinishi mumkin
25 okt 2020 19:35
Yangiliklar


Ronald Kuman uzoq muddatga diskvalifikaciya qilinishi mumkin
"Barselona" bosh murabbiyi Ronald Kuman "Real" (1:3) bilan o'yindan keyin uchrashuvni boshqargan hakamlar manziliga yo'llagan so'zlari uchun diskvalifikaciya qilinishi mumkin, deya xabar tarqatdi Sport.es.
Niderlandiyalik mutaxassis hakamning katalon klubi darvozasiga penalti belgilash to'g'risidagi qarorini tanqid qilib, VAR tizimi muntazam ravishda "Barselona"ga qarshi ishlayotganini iddao qildi. Agar intizom qo'mitasiga Kumanning ustidan shikoyat yuborilsa, unga qarshi ish ochiladi. Ispaniya chempionati reglamentiga ko'ra, Kuman 4-12 o'yinga chetlatilishi mumkin. La Liga rasmiylari hakamlar yoki mamlakat futbol federaciyasi azolarining halolligi va xolisligiga shubha qilmaydi.
Koutino "Yuventus" va "Alaves"ga qarshi o'yinlarni o'tkazib yuboradi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar