Romero faoliyatini "Everton"da davom ettirishi mumkin
26 iyu 2021 15:18
Yangiliklar
Romero faoliyatini "Everton"da davom ettirishi mumkin
"Manchester Yunayted" darvozaboni Serxio Romero "Everton"ga o'tishi mumkin.
Angliya klubi 34 yoshli argentinalik bilan zaxira darvozaboni sifatida shartnoma imzolamoqchi. Sababi o'tgan mavsum "Roma"dan ijara asosida o'ynagan Robin Olsenning xaridi amalga oshmasligi mumkin.
Romero uchun shuningdek "Selta" va "Yuventus" klublari davogarlik qilmoqda.
Romero 2020/21 yilgi mavsum MYU libosida maydonga tushmadi. Futbolchining klubi bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar