Romelu Lukaku: "PSJ – ECHLning asosiy favoritlaridan biri, lekin biz o'yinga tayyor bo'lamiz"
05 fev 2019 00:23
Yangiliklar


Romelu Lukaku: "PSJ – ECHLning asosiy favoritlaridan biri, lekin biz o'yinga tayyor bo'lamiz"
"Manchester Yunayted" hujumchisi Romelu Lukaku CHempionlar ligasi 1/8 final bosiqichida PSJ bilan bo'ladigan to'qnashuv oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"PSJni favorit deb hisoblayman. Ammo, biz bunga tayyor bo'lib maydonga tushamiz va uchrashuvda nima bo'lishini ko'ramiz. CHempionlar ligasining asosiy favoritlaridan biriga qarshi o'ynashimizni barchamiz his qilib turibmiz. Ularning tarkibiga qarang. U erda juda istedodli va yaxshi murabbiy, muxlislar, klubning rivojlanishi uchun aniq rejaga ega rahbarlar faoliyat borishadi. Murakkab o'yin bo'lishini tahmin qilish mumkin", – dedi Lukaku.
"Manchester Yunayted" - PSJ uchrashuvi 13 fevral kuni Toshkent vaqti bilan 01:00da "Old Trafford" stadionida o'tkaziladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar