Roman Eryomenko 2 yilga futboldan chetlatildi
18 noy 2016 15:33
Yangiliklar
Roman Eryomenko 2 yilga futboldan chetlatildi
CSKA va Finlyandiya terma jamoasi futbolchisi Roman Eryomenko 2 yilga futboldan chetlatildi.
Bu haqda UEFAning rus tilidagi "Tvitter" akkaunti elon qildi.
Malumotlarga ko'ra, CHempionlar ligasining 1-turidan o'rin olgan "Bayer" - CSKA uchrashuvidan (2:2) so'ng olingan doping-test natijalariga ko'ra Eryomenko qonida kokain aniqlandi. O'sha bahsda Roman o'z hisobiga bitta gol yozib qo'ygan edi.
Diskvalifikaciya muddati 2016 yilning 6 oktyabridan 2018 yilning 6 oktyabrigacha davom etadi.
Fikrlar