"Roma" Pellegriniga yangi shartnoma taklif qiladi
10 fev 2021 18:00
Yangiliklar


"Roma" Pellegriniga yangi shartnoma taklif qiladi
24 yoshli yarim himoyachi Lorenco Pellegrini "Roma" bilan yangi mehnat shartnomasi imzolashga yaqin.
Rim klubi rahbariyati futbolchiga 2025 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan yangi shartnoma taklif qilishga tayyor. O'yinchining yillik maoshi bunda 3 million evroni tashkil etadi.
Qayd etish kerakki, Lorenco va klub o'rtasidagi amaldagi shartnoma 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Pellegrini joriy mavsum Italiya chempionati doirasidagi 20ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 5ta assist qayd etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar