Abraham "Roma"ga qaytdi
29 iyu 20:20
Yangiliklar


Abraham "Roma"ga qaytdi
"Milan" matbuot xizmati hujumchilar Luka Yovich hamda Temmi Abraham jamoadan ketganini malum qildi.
Klub serbiyalik forvard bilan shartnomani uzaytirmaslikka qaror qildi. Luka Yovich 2023 yildan buyon "Milan"da harakat qilayotgandi. Shu davr mobaynida u 47 o'yinda 13 gol urdi.
"Roma"dan ijaraga olingan Abrahamni esa "Milan" sotib olishni istamadi. U yana Rim klubiga qaytadigan bo'ldi. 27 yoshli angliyalik hujumchi 45 o'yinda 10 marta raqiblari darvozasiga yo'l topgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar