So’nggi yangiliklar

08:05Ўзбекистон миллий терма жамоаси Кападзе қўл остидаги илк машғулотини ўтказди  2 07:30"Машъал" бир нечта футболчилар билан хайрлашди  0 03:00Европа лигаси. "Манчестер Юнайтед" 90+2-дақиқадаги гол эвазига ғалабага эришиб, 4-ўринга кўтарилди ва бошқа натижалар  9 01:32"Ливерпуль"нинг собиқ футболчиси: "Квадрупл? АПЛ муҳимроқ"  1 01:10Киммих "Реал" билан боғланди  4 00:45Европа лигаси. "Тоттенхэм"да ғалаба, "Рома" мағлуб бўлди ва бошқа натижалар  14 00:29БАА. Ўзбек футболчилари дербисида Ғаниев жамоаси ғолиб бўлди  3 23:50Альфонсо Дэвиснинг келажаги душанба куни ҳал бўлади  0 23:29Расман: "Барселона" Араухо билан шартномани узайтирди  2 23:12Футзал. "Бунёдкор" етакчилардан бирига қарши ўйинда камбек қайд этди, "Металлург" ўз тарихидаги сўнгги ўйинида мағлуб бўлди ва бошқа натижалар  0 22:54Шаҳбоз Беғамов - "Нефтчи" жамоаси спорт директори!  26 22:39Ўзбекистон футзал федерациясида тайинловлар амалга оширилди  3 22:00Суперлигадаги дебютида "Насаф"ни жазолаган, ҳокимдан машина олган ҳамда Тошкентда ота-онаси кўз ўнгида гол урган Рубин Хебай ҳақида қизиқарли маълумотлар  21 21:46Мармуш "Манчестер Сити"нинг энг қиммат трансферларидан бири бўлди  16 21:15Влахович "Арсенал"га ўтмайдиган бўлди  2

"Roma" "Empoli"ni qabul qiladi, "Atalanta" - "Milan" va boshqa uchrashuvlar haqida Yangiliklar

"Roma" "Empoli"ni qabul qiladi, "Atalanta" - "Milan" va boshqa uchrashuvlar haqida

Italiya chempionati 7-tur prevyusi.

"Torino" - "Yuventus"

"Torino" murabbiyiga hozir havas qilib bo'lmaydi. "Veneciya"ga qarshi bellashuvdagi durangdan keyin jamoaga o'ziga kelishi yanada qiyinlashadi. Qo'shimchasiga, "buqalar" tarkibida jarohatlar ham ko'p. Bazi manbaalarning malumotiga ishonadigan bo'lsak, Belotti va Zadza zaxira o'rindig'idan joy olishi mumkin, asosiy tarkibda esa Brekalo qo'llab-quvvatlab turishi kutilayotgan Sanarabiya "jang qiladi". Tanganing ikkinchi tomoni deganlaridek, Allegrining ham muammolari etarlicha. "CHelsi" bilan o'yinda jamoa kerakli natijaga erishdi, ammo birdaniga ham Dibala, ham Morataning safdan chiqqani... Kamida yaxshi yangilik emas. Katta ehtimol bilan hujumda Keza-Kin juftligini ko'ramiz.

So'nggi bor Turin derbisida 2-2 hisobidagi durang qayd etilgan. ECHLda ham zafar quchgan "Yuventus" o'yin favoriti, bunga bukmekerlar u qadar ishonmasa ham. "Keksa sinora" oxirgi uch o'yinda g'alaba qozondi. Ammo "Torino" ham uch ochkoni sovg'a qiladiganlardan emas, "buqalar" tarkibdagi muammolarga qaramay, so'nggi 4 o'yinda mag'lub bo'lishmadi. Bizni o'ta murosasiz kurash kutayotgani aniq.


"Roma" - "Empoli"

Joze Mourinyu "Roma"da, agar Spinnacolani inobatga olmasa, jarohatlanganlar yo'qligidan mamnun bo'lsa ajab emas. SHunday ekan mutaxassis turli xil o'zgarishlar qilishi, yangi g'oyalarni sinab ko'rishi mumkin. Konferenciyalar Ligasida SHomurodov asosiy tarkibda maydonga tushdi, endi hujumning oldi chizig'ida tushish Abraxamning navbati shekilli. Unga Zanolo va Mxitaryan yordam beradi. "Empoli" ham yaxshi sport formasida, Tonelli va Fyamoccaning qaytishi tarkibni yanada raqobatbardosh qiladi. Mehmonlar tarkibida faqatgina sonidagi muammolar sabab Damianining maydonga tushishi so'roq ostida. 

So'nggi to'qnashuv ham Rimda bo'lib o'tgan, o'shanda "Roma" 2-1 hisobida zafar quchgandi. Hozir ham "jalorossi" bo'lajak bahs favoriti sifatida ko'rilmoqda, lekin nazarimizda bukmekerlar "Empoli"ga juda past baho berishmoqda. Aurelio Andreacolli shogirdlari oxirgi 2 o'yinda g'alaba qozonganini unutmaslik zarur. Har ikki jamoa hujumda qanday o'ynashni, raqib darvozasiga yo'l topishni biladi. SHu sabab, bizni tomoshabop bellashuv kutib turganiga ishonamiz.


"Sassuolo" - "Inter"

"Neroverdi" uchun Tolyanning sekin-asta safga qaytayotgani xushxabar. Biroq g'olib bo'lgan tarkib o'zgarmasa kerak. "Inter"da Korrea va Vidal jamoaga yordam berishga tayyor, ammo har ikkisi o'yinni zaxirada boshlasa ajab emas. Boshqa tomonda ECHLdan farqli ravishda Perishich va CHalxanoglu asosiy tarkibda tushishi kutilmoqda. Hujumda bor umid yana Jeko-Martines juftligidan.

So'nggi bor ushbu raqiblar to'qnash kelganda "Inter" o'z maydonida 2-1 hisobida g'alabani tantana qilgan. Bu safar ham amaldagi chempion favorit hisoblanadi. "SHaxter" qarshi o'yindan keyin jamoaga va bosh murabbiyga savollar ko'paydi, lekin ichki chempionatda ijobiy natijaga ishonch yuqoriroq. SHunday bo'lsada, "Sassuolo" ham osonlikcha taslim bo'ladiganlardan emas.


"Fiorentina" - "Napoli"

Kastrovilli hamon jarohati sabab, "o'yindan tashqarida". Gonsalesning diskvalifikaciyasi ortda qoldi va u o'yinni asosiy tarkibda boshlasa ajab emas. U hujumda Kalexon va Vlaxovich bilan birgalikda harakat qiladi. Himoyada o'tgan o'yinda o'zini ko'rsata olgan Igor Milenkovich bilan juftlikda harakat qilsa kerak. "Spartak"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin neapolliklar g'alabaga yanada tashnaligi aniq. "Napoli" lazaretida Lobotkadan boshqa kim yo'q. Hujumda Insine, Osimxen va Lozano,  himoya markaziga esa Raxmani qaytishi kutilyapti.

Florenciyada o'tgan so'nggi to'qnashuvda "Napoli" ishonchli o'yin ko'rsatgan va 2-0 hisobida zafar quchgan. Bu safar ham favorit o'zgarmagan. Evropa Ligasidagi o'yin futbolchilar o'zlariga kelib, Italiyadagi g'alabali seriyani davom ettirishga urinishlari kerak.


"Atalanta" - "Milan"

Gasperini uchun bugungi kunda eng katta muammo Gosensning jarohat sabab ikki oyga safdan chiqqani bo'ldi. SHunday ekan Melle endi jamoaning o'ta va o'ta muhim futbolchisiga aylanmoqda. Boshqa tomondan Muriel sekin-asta sport formasini tiklab borrmoqda va yana tarkibga qaytishga, kurashga tayyor. Hujumda asosiy umid hozircha Pessina, Malinovskiy va Sapata uchligiga qaratiladi. 



"Atletiko"dan uchralgan mag'lubiyat, qanchalik alamli bo'lmasin, hayot davom etadi va "Milan" keyingi o'yinlarga etiborini qaratishi zarur. SHubhasiz, Ker safga qaytgani ajoyib yangilik. Biroq Bakayoko va Zlatan hamon jamoaga yordam bera olmaydi. Pioli bu safar hujumda kimlarga ishonch bildirishi juda qiziq. Katta ehtimol ilk daqiqalardan Salermakas va Dias o'yinga tushsa kerak.

Oxirgi bahsda "Milan" 2-0 hisobida zafar quchgan, Kessie ikki bor penaltidan gol urgandi. Lekin hozir bukmekerlar bergamoliklarning imkoniyatlarini yuqoriroq baholamoqda. Hech kim yutqazishni istamasligi aniq, har bir qarich er uchun kurash bo'lishi turgan gap.


Sergey Rumyancev

Nozima Zaripova tarjimasi 

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика