Roberto Karlos Xojsonni keskin tanqid qildi
10 apr 2020 19:53
Yangiliklar


Roberto Karlos Xojsonni keskin tanqid qildi
Afsonaviy braziliyalik himoyachi Roberto Karlos "Inter"da o'ynagan davrini esga olib, jamoa ustozi Roy Xojsonni tanqid qildi.
"Roy Xodjson meni "sindirgandi". U meni yarim himoyaning markazida o'ynashga majbur qilgan. Bu poziciyada Braziliya terma jamoasi safiga qo'shilish imkoniyatiga ega emasdim. Oldinda esa bizni 1997 yilgi Amerika kubogi kutib turardi.
Jojson qo'l ostida juda yomon o'ynaganman. U shunchaki futbolni tushunmasdi", — deydi Karlos "Marca"ga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Karlos 1995 yilda "Palmeyras"dan "Inter"ga o'tgandi. Milan klubidagi muvaffaqiyatsiz mavsumdan keyin "Real" safiga qo'shildi va dunyoning eng yaxshi qanot himoyachilaridan biriga aylandi.
Roy Xodjson bugungi kunda ham murabbiylik faoliyatini olib bormoqda. 72 yoshli mutaxassis Londonning "Kristal Pelas" klubini boshqaradi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar