Rifat Akramxo'jaev - "Lokomotiv" menejeri
09 jan 2023 16:45
Yangiliklar


Rifat Akramxo'jaev - "Lokomotiv" menejeri
"Endilikda "Lokomotiv"ning ham asosiy jamoasi, ham U-19 shuningdek, futzal va ayollar jamoalari va futbol maktabi natijalariga Rifat Saydi-Anvarovich masul sanaladi hamda menejer vazifasini bajaradi.
Malumot uchun, Rifat Akramxo'jaev "Lokomotiv"dagi faoliyatini 2019 yilda boshlagan bo'lib, dastlab U-21 jamoamizda yordamchi murabbiy sifatida ish olib borgan. Ikkinchi davrada esa shu jamoa bosh murabbiyi etib tayinlanib, "Lokomotiv" o'rinbosarlarining U-21 chempionati chempioni bo'lishida munosib hissa qo'shdi.
2020 yil ushbu mutaxassis "Lokomotiv" U-18 jamoasi bosh murabbiyi lavozimida faoliyat olib bordi va U-18 musobaqasida uchinchi o'rinni qo'lga kiritdi. 2021-yil boshida "Surxon" futbol klubiga yo'l olgan Rifat Akramxo'jaev 1 iyul kuni yana "Lokomotiv"ga qaytib, dastlab selecioner murabbiy, undan keyin U-18 jamoamiz bosh murabbiyi bo'lib ishladi", - deb yoziladi klub bayonotida.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar