Riberi ukasi Franciyaning uchinchi ligasi klubiga o'tishi uchun 30 ming evro to'lagan ekan
04 okt 2017 12:46
Yangiliklar


Riberi ukasi Franciyaning uchinchi ligasi klubiga o'tishi uchun 30 ming evro to'lagan ekan
"Bavariya" yarim himoyachisi Frank Riberi o'z ukasi Fransuaga Franciyaning uchinchi liga jamoasiga o'tishi uchun yordam berdi.
34 yoshli futbolchi "Bayonna" klubiga o'yin licenziyasi olish uchun 33-35 ming evro atrofida pul to'lagan. Bu voqea 2010 yil sodir bo'lgan va uni agent Kristoff Xatto o'z kitobida yozgan.
"Bayonna" boshqaruv qo'mitasi raisi Jan-Per Meynard klub Riberidan shuncha pul olganini tasdiqladi.
"Frank ukasining qonuniy shartnomasini to'lab berdi va 33-35 ming evro atrofida pul o'tkazdi. Kengash azolaridan biri Kapbretoneda Riberi bilan uchrashdi, o'sha paytda Frank tibbiy ko'rikdan o'tayotgandi. SHartnoma shu tarzda imzolangan" - deydi Meynard.
30 yoshli Fransua Riberi bor-yo'g'i 3ta uchrashuv o'tkazgan.
O’xshash yangiliklar
09:04
“Tottenxem“ yangi bosh murabbiyi bilan maosh va shartnoma shartlari borasida kelishib oldi - Romano 1
12:08
"Har qanday holatda ham Rossiya klubi taklifini rad etardik". Husanovning agenti bilan katta suhbat 25

Fikrlar