“Al Nassr“ futbolchisi APL grandiga o'tishi mumkin
18 iyu 11:05
Yangiliklar


“Al Nassr“ futbolchisi APL grandiga o'tishi mumkin
“Al Nassr“ himoyachisi Emerik Lyaport faoliyatini yana APLda davom ettirishi mumkin.
Unga “Arsenal“ jamoasi jiddiy qiziqish bildirmoqda. London jamoasi allaqachon futbolchining agentlariga taklif bilan chiqishgan.
Avvalroq, 31 yoshli futbolchi Saudiya jamoasidan ketish niyatida ekanligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Emerik Lyaport 2023 yilda “Manchester Siti“dan “Al Nassr“ga o'tgandi. Uning amaldagi shartnomasining yakuniga yana 12 oy bor. Transfermarkt nashri himoyachini 15 million evroga baholamoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar