So’nggi yangiliklar

20:05Назорат ўйини. "Пахтакор" "Олимпик"га 7та гол урди  0 19:40Суперлига. "Металлург" - "Локомотив" 1:0 (матнли трансляция)  7 19:29РПЛ. ЦСКА ўз майдонида "Оренбург"ни тор-мор этди, Файзуллаев эса...  7 19:10"Барса" Уильямснинг трансфери барбод бўлса, "Бавария" вингери билан шартнома имзолаши мумкин  1 18:228 футболчи шу ёзда "Ювентус"ни тарк этиши мумкин  0 17:58"Барса" ўйинчиси Роке яна "Ал Ҳилол" таклифини рад этди  1 17:23Симонс яна бир мавсумни ижара асосида "Лейпциг"да ўтказади. У бир неча кундан сўнг тиббий кўрикдан ўтади  3 16:58Флик Кантенинг "Барса"га ўтишини блоклаб қўйди. Мураббий ёш ўйинчиларни афзал кўради  8 16:28Моуринью Гюндоганни "Фенербахче"да кўрмоқчи  1 15:54"Ливерпуль" ярим ҳимоячисини 17,5 млн еврога сотмади  2 15:16"Боруссия" форварди Францияга йўл олади  2 14:47Париж-2024. Ўзбекистонлик ҳакамлар ярим финал ўйинини бошқариб боришади  6 14:31Ашурматов "Химки"дан учралган мағлубиятга изоҳ берди  2 14:07Альвареснинг агенти келаси ҳафтада "Ман Сити" билан музокаралар ўтказади. Клуб ўйинчини 40-50 млн еврога сотмайди  2 13:39"Ливерпуль" Робертсонга ўринбосар топди  1

Retro - 1. Bir o'yin tarixi. 2006 yil. O'zbekiston – Qatar 2:0 Yangiliklar

Retro - 1. Bir o'yin tarixi. 2006 yil. O'zbekiston – Qatar 2:0

Saytimizda yangi “RETRO” loyihasi. Unda Siz o'quvchilarga terma jamoamizning tarixda qayd etgan natijalarini fotosuratlar orqali yana bir bor yod etamiz.

Faoliyatimni boshlaganimga bu yil 9 yil bo'libdi. Ilk marotaba terma jamoamiz ishtirokidagi rasmiy o'yinni suratga olganimga ham mana shuncha bo'ldi. 2006 yil 15 noyabr kuni bo'lib o'tgan O'zbekiston – Qatar uchrashuvida Valeriy Nepomnyashiy boshchiligidagi hamyurtlarimiz 2:0 hisobida g'alaba qozongan edilar. 

Uchrashuv qaydnomasi quyidagicha ko'rinish olgan:

O'zbekiston - Qatar - 2:0 (1:0)

15.11.2006. 6 tur. Toshkent. "Paxtakor" Markaziy stadioni. 20000 tomoshabin. 

Osiyo Kubogi - 2007 saralash o'yini.

Bosh hakam: Al Saidi Muhammad Umar (BAA)

Gollar: Leonid Koshelev (31), Ilyos Zeytullaev (53)

O'zbekiston: Ignatiy Nesterov, Andrey Fyodorov, Vitaliy Denisov, Aleksey Nikolaev, Asror Aliqulov, Vladislav Kiryan, Timur Kapadze (Ulug'bek Baqoev, 90), Leonid Koshelev (Aleksandr Geynrix, 83), Ilyos Zeytullaev (Viktor Karpenko, 65), Server Jeparov, Maksim SHackix.

Qatar: Ahmad Saqr Muhammad, Abdullox Al Berik, Solix Nossir Ali (Yunus Al Raxmati 80), Abduraxmon Yosir Husayn , Ibrohim Al G'anim, Talal Al Blushi Ali (Muhammad Hasan Majid 68), Visom Abdulmajid Rizq, Ibrohim Halfan, Rajab Bilol Muhammad, Al Hamad Mesaad (Abduraxmon Masbix Al Meomari 46), Sebastyan Soria.

Ogohlantirishlar: Asror Aliqulov (27), Muhammad Rajab Bilal (71), Aleksandr Geynrix (89).

CHetlatishlar: Maksim SHackix (60), Al Berik Abdullox (60).




SHu kuni asosiy tarkibda maydonga tushgan futbolchilarning aksari bugun faoliyatlarini yakunlaganlar. Saytimzning yosh o'quvchilariga bu albatta qiziq bo'lishi mumkin.

#5 – Asror Aliqulov: 1978 yilda tug'ilgan himoyachi terma jamoadagi falolyaitini 2008 yil  Yaponiyaga (0:1) qarshi kechgan uchrashuvdan so'ng yakuniga etkazdi. Bir necha marotaba “Paxtakor” safida O'zbekiston chempionligini qo'lga kiritdi. 2015 yil oliy ligada 500 uchrashuvida maydonga tushdi. Oliy liga – 2015 uning “SHo'rtan” va faoliyatidagi so'nggisi degan fikrlar yangrayapti.

#17 – Aleksey Nikolaev: Qanot himoyachisi bo'lgan zarafshonlik futbolchi “Qo'qon-1912” safida faoliyat yurityapti. Terma jamoa safida so'nggi marotaba 2008 yil safarda Ummon (2:0) terma jamoasiga qarshi maydonga tushgan.

#18 – Temur Kapadze: “Lokomotiv” safida faoliyat yuritayotgan 34 yoshli futbolchimiz Osiyo Kubogidan keyin terma jamoadagi faoliyatini yakunladi. Uning hisobida 119ta o'yin bor, bu hozircha rekord natija. Kapadze 2016 yil o'yinlarini sonini 120taga etkazib MTJ bilan xayrlashishni niyat qilgan.

#6 – Leonid Koshelev: “Paxtakor” va O'zbekiston milliy terma jamoasining o'sha yillari Koshelevsiz tasavvur qilib bo'lmas edi. O'zbekning Karlosi nomini olgan kuchli zarba egasi 2007 yil CHimkentda bo'lib o'tgan Qozog'iston – O'zbekiston (1:1) uchrashuvida MTJ safida so'nggi marotaba maydonga tushgan. Bugunda birinchi ligada “Nbu Osiyo” sharafini himoya qilyapti.

#14 – Vladislav Kiryan: Kuchli futbolchi emas edi, ammo jamoaviy o'yinda o'z o'rniga ega. Kam gap, onda sonda olis masofadan darvozani ishg'ol qilib qo'yardi. Oliy ligada bir marotaba burchak zarbasidan to'g'ri raqib darvozasini ishg'ol qilgan. 2007 yili Ozarbayjon (0:0) bilan bo'lib o'tgan o'yindan keyin MTJdagi faoliyatini tugatgan Kiryan Rossiyada ishlayapti.




#3 – Andrey Fyodorov: 2014 yil O'zbekistonga, tug'ilgan viloyati Farg'onaga qaytgan Fyodorov MTJning ajralmas azosi edi. “Rubin” safida Rossiya chempioni va zaxirada o'tirgan bo'lsada, UEFA Kubogi soxibi ayni paytda “Neftchi” bosh murabbiyi. Aynan shu o'yin Andrey Fyodorovni terma jamoadagi so'nggisi bo'lgan. 1994 yil O'zbekiston – Turkmaniston o'yinida debyut uchrashuvini o'tkazgan futbolchi 12 yil davomida MTJ libosini kiydi. Qiziq fakt shundan iboratki, u o'zi o'tkazgan 65ta o'yinning bor yo'g'i 4tasida zaxira futbolchisiga almashtirilgan. Hammaga ham nasib etavermaydigan ko'rsatgich. Qosimovdan keyingi MTJ sardori ham aynan u bo'lgan edi. Terma jamoadagi birinchi golini Nigeriya terma jamoasi darvozasiga urgandi. MTJdagi jami gollarining soni 6ta.


16 – Maksim SHackix: Faoliyatini Ukrainaning ikkinchi ligasida davom ettirayotgan “Super Maks” O'zbekiston terma jamoasi tarixida eng ko'p gol urgan hujumchi. So'nggi marotaba 2014 yil Toshkentda Ummon terma jamoasiga qarshi kechgan o'yinda, Baqoev va Karpenko bilan MTJ safidagi so'nggi o'yinini o'tkazgan edi.




#25 – Vitaliy Denisov: U Fyodorovni maydondagi otasi deb biladi. Qizig'i shundaki, u ham Fyodorov kabi zaxirada bo'lsada UEFA Kubogi soxibi. MTJda eng yosh debyut qilgan va muntazam o'ynab kelayotgan futbolchilardan biri. Yana bir necha oydan keyin uni terma jamoaga kelganiga roppa rosa 10 yil to'ladi. “Lokomotiv” Moskvaning asosiy tarkib azosi.

#12 – Ignatiy Nesterov: Uni futbolchilar “paxan” deydilar. Italiyada Buffon, Ispaniyada Kasilyas, bizda esa Ignatiy Nesterov. 23 yoshida MTJ safida debyut qilgan. Darvozabonlar uchun bu juda erta. Formasiga kirib olsa, bugun ham u birinchi raqamli kiper. Hozir u “Lokomotiv”da.

#8 – Server Jeparov: Osiyoning ikki karra eng yaxshi futbolchisi bugunda Janubiy Koreyada faoliyat olib boryapti. 33 yoshli yarim himoyachimiz hamon terma jamoada o'z o'rniga ega bo'lishga harakat qilyapti, hozircha bunga erishyapti.

#46 – Ilyos Zeytullaev: “Yuventus” safida ikki mavsum to'p tepkan, ammo “A-Seriya”da ishi yurishmagan futbolchimiz o'sha payt uchun katta shov-shuvga sabab bo'lgandi. Keyinchalik, “B” va “S” seriyalarida faoliyat olib borgan yarim himoyachi so'nggi marotaba terma jamoa libosini 2007 yil kiygan. O'shanda terma jamoamiz Xitoyga 3:1 hisobida mag'lubiyatga uchragan. 2014 yil faoliyatini tugatgan Ilyos, u erda shaxsiy biznesini boshqaryapti.




Qiziq bir fakt shundan iboratki, o'sha uchrashuv qaydnomasidan 20 nafar futbolchi o'rin olgan edi. SHulardan 14 nafari “Paxtakor” azolari bo'lgan. Qolgan olti futbolchimiz o'sha yillari horij chempionatida faoliyat yuritar edilar. Bular, Andrey Fyodorov “Rubin”, Maksim SHackix “Dinamo” Kiev, Vitaliy Denisov “Spartak NN”, Ilyos Zeytullaev “Jenoa”, Viktor Karpenko “Kayrat”, va Ulug'bek Baqoev “Tobol”.

Murabbiylar shtabida esa o'sha yillari Germaniyada taxsil olib kelgan Ravshan Haydarov va Usmon Toshev bor edilar. Darvozabonlar bilan yana MTJga qaytgan Anvar Rashidov ishlagan. SHifokor esa bugunda “Nasaf”da faoliyat olib borayotgan Barat Elmurodov. Massajchi Andrey Jegalo. U ko'p yillar davomida “Paxtakor”, keyin esa “Bunyodkor” klubida ishladi. 




SHu kuni O'zbekiston terma jamoasining zaxira o'rindig'ida quyidagi futbolchilar joy olgan: 

Temur Jo'raev, Ilhom Suyunov, Aleksandr Geynrix, Anvar Soliev, Ulug'bek Baqoev, Marat Bikmaev, Viktor Karpenko, Aleksandr Kleckov va Ildar Magdeev.

SHu kungi raqibimiz bizdan ancha yosh edi. Kuintana (1983), Al Bloushi, Ali Nosir, Al Hamad Mesaad va Rajab Bilol (barchasi 1986 yil), Halfan (1988). O'zbekiston milliy terma jamoasining asosiy tarkibida yoshlardan Vitaliy Denisov (1987), Ignatiy Nesterov (1983) va Ilyos Zeytullaev (1984) bor edilar.



U paytlar OFKning talablari bugungidek katta emas edi. Federaciyada ham sanoqli mutaxassislar faoliyat olib borar. Hattoki o'yin bo'lib o'tgan “Paxtakor” Markaziy stadioni o'sha yillari rekonsturkciyaga tayyorlanayotgan payti edi. U paytlar “JAR” stadioni qarovsiz, MHSKda futbol o'yinlari bo'lmas edi. “Bunyodkor” esa bu paytda birinchi ligadagi o'yinlarini “To'qimachilar” stadionida o'tkazardi. Yana bir qiziq fakt, Qatar bilan o'yin qaydnomasidan o'rin olgan 7 nafar futbolchilar, Ignatiy Nesterov, Anvar Soliev, Viktor Karpenko, Temur Kapadze, Server Jeparov, Ulug'bek Baqoev va Aleksey Nikolaev keyinchalik, hali o'zlari ham bilmagan klub, “Quruvchi” (bugungi “Bunyodkor”) jamoasi sharafini himoya qildilar. 




Haqiqatdan qiziq davrlar. Valeriy Kuzmichning terma jamoa postidagi debyut o'yini. O'yindan keyingi matbuot anjumani “Paxtakor” stadioni mamuriy korpusining ikkinchi qavatida bo'lar edi. Aylanma yo'l ochiq, u erda matbuot anjumani bo'lishini biladigan muxlislar xonani hammadan avval to'ldirib olardilar. Murabbiylar qarshisida, milliy piyolamizda achchiqqina qora choy. 




O'yin oldi va o'yindan keyingi matbuot anjumanlarida murabbiylar birga ishtirok etardilar. Matbuot anjumani zalida hech qanday reklama bannerlari yo'q. O'sha stadion qandaydir fayzliroq edi. Taxta o'rindiqlar. 50 000 kishini o'z bag'riga sig'diradigan arena, to'lib toshsa zinapoyalari bilan 60 000 nafardan ortiq muxlislarga joy topa olardi. 




Aslida Qatar terma jamoasi O'zbekiston uchun eng qulay raqiblardan biri hisoblanadi. 




Bu esa o'yin qaydnomasi....


Nodirxo'ja Yuldashev


Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика