Reshford "Manchester Yunayted"dan ketishi mumkin
07 mar 2022 14:18
Yangiliklar
Reshford "Manchester Yunayted"dan ketishi mumkin
"Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford klub bilan shartnomani uzaytirish borasida o'ylamoqda.
"Reshford o'zining kelajakdagi qarori haqida o'ylamoqda. U o'yin amaliyotidan xavotirda, bu haqda "Manchester Yunayted" forvardiga yaqin manba menga xabar berdi. U doim professional bo'lgan, ammo aniqlikni xohlamoqda", - deydi Fabricio Romano.
Angliyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2023 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.
24 yoshli o'yinchi joriy mavsum "qizil iblislar" tarkibida 24ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 2ta assist qayd etdi.
Fikrlar