"Barselona" Reshfordni MYUga qaytarish haqida o'ylab qoldi
06 sen 2025 14:15
Yangiliklar
"Barselona" Reshfordni MYUga qaytarish haqida o'ylab qoldi
27 yoshli futbolchi yozgi transfer oynasi boshida 30 mln funt sterlingga sotib olish huquqi bilan ijara asosida "Manchester Yunayted"dan La Liga chempioniga kelib qo'shildi.
Reshford "Barselona"ning chempionatdagi 3 o'yinida ham o'ynadi, birida boshlang'ich va qolgan ikkitasida zaxiradan maydonga tushdi.
"El Nacional" xabariga ko'ra, "Barselona" allaqachon angliyalik futbolchini agar u ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqchi bo'sa, ruhiy va jismoniy tayyorgarlikni oshirishi kerakligi haqida ogohlantirgan.
Xabarda qo'shimcha qilinishicha, klub uning mashg'ulotlardagi va mavsumoldi o'yinlaridan hayratda qolgan, biroq mavsum rasman boshlanganidan so'ng o'zini ko'rsatishini kutgan.
Natijada "Barselona" endi Rashfordni "Old Trafford"ga qaytarish haqida bosh qotirmoqda. Agar shunday bo'ladigan bo'lsa, Kataloniya jamoasi shartnomani bekor qilish uchun "Manchester Yunayted"ga 5 million evro to'lashi kerak bo'ladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar