"Real"ning yangi ustozi Zidan "Barselona" muxlisi bo'lgan

Aslanov Jasurbek
5 yanv 2016, 10:38
"Real" yangi bosh murabbiyi Zinedin Zidan bir vaqtlar "Barselona" muxlisi bo'lgan.

Ispan OAV vakillari Zidan "Qirollik klubi" bosh murabbiyi bo'lganidan so'ng, u Kataloniya klubiga muxlislik qilgani haqidagi videoni e'lon qilishdi.

"Yuventus" - juda kuchli jamoa. Bolaligimda Italiyada "Yuventus", Ispaniyada esa "Barselona"ga muxlislik qilganman" - deydi bu videoda Zidan.

Eslatib o'tamiz, kecha "qaymoqranglilar" rahbariyati Rafael Benitesni iste'foga chiqardi. Zidan esa bu joyni egallab, klub bilan 2018 yilgacha shartnoma tuzdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com