

Ispan OAV vakillari Zidan "Qirollik klubi" bosh murabbiyi bo'lganidan so'ng, u Kataloniya klubiga muxlislik qilgani haqidagi videoni e'lon qilishdi.
"Yuventus" - juda kuchli jamoa. Bolaligimda Italiyada "Yuventus", Ispaniyada esa "Barselona"ga muxlislik qilganman" - deydi bu videoda Zidan.
Eslatib o'tamiz, kecha "qaymoqranglilar" rahbariyati Rafael Benitesni iste'foga chiqardi. Zidan esa bu joyni egallab, klub bilan 2018 yilgacha shartnoma tuzdi.



