"Real"ning mavsum uchun qaydnomasiga kira olmagan Edegor APLga qaytmoqchi

Alisher
14 avg 2021, 13:44
"Real" ishonch bildirmayotgan norvregiyalik xavbek Martin Edegor faoliyatini qayerda davom ettirishni xohlayotgani ma'lum.

Insayder Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, yarim himoyachi o'tgan mavsumni ijarada o'tkazgan "Arsenal"ga qaytishni xohlamoqda.

Martin transfer oynasi so'nggiga qadar klublarning bitim borasida kelishuvga erishishlariga umid qilmoqda.

22 yoshli norvegiyalik futbolchi o'tgan mavsum APL doirasidagi 14ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano