"Real" Vinisius, Valverde, Edegor va Rodrigoni yozda sotmaydi. Ular klub kelajagining muhim o'yinlari hisoblanishadi

Alisher
16 apr 2021, 16:28
"Real" yozgi transferlarga ko'plab mablag' olish uchun bir necha o'yinchilarini sotib yubormoqchi emas.

Maoshi katta bo'lgan Garet Beyl, Marselo va Iskodek futbolchilar klubni erkin tarzda tark etishlari mumkin. Shuningdek sotuvga Alvaro Odriosola, Luka Yovich va Mariano Dias qo'yiladi.

Shuningdek "Real" bir necha futbolchilarini har qanday shart asosida ham sotmaydi - bular Vinisius Junior, Federiko Valverde, Martin Edegor va Rodrigo Goes. "Real" ushbu o'yinchilarni klub kelajagidagi muhim figuralar deb hisoblaydi.

Shuningdek madridliklar yetakchilari dahlsizdir - Tibo Kurtua, Kazemiro, Toni Kroos va Karim Benzema.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca