So’nggi yangiliklar

02:43Лига 1. "Лион" ва ПСЖ ўртасидаги ўйинда 5та гол урилди, Хакимидан дубль  1 02:39А Серия. Влаховичнинг голи меҳмонда "Ювентус"га ғалаба тақдим этди  0 00:53Киммих "Бавария"да қолишга яқин  0 00:24Абдуқодир Ҳусанов бугунги ўйинда қандай статистика қайд этди?  3 00:15АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпуль"га мағлуб бўлди, Ҳусанов ўйинда тўлиқ ҳаракат қилди  1 23:35Бундеслига. "Бавария" ўз уйида "Айнтрахт"га жавобсиз 4та гол урди, мюнхенликлар энг яқин таъқибчиларидан 8 очко илгарилаб кетишди  2 23:29БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" кутилмаганда "Шаржа"дан устун келди, "Ал Ваҳда"дан йирик ғалаба  0 23:24АПЛ. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Ливерпуль"га ютқазди. Ҳусанов ҳимоячилар орасида энг катта балл олди  181 23:00U-20 Осиё кубоги. Ўзбекистон ўз юришини чорак финалда тўхтатди  11 22:32"Челси" Ла Лигадаги ҳимоячи билан шартнома имзоламоқчи  1 22:10Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Жирона"ни мағлуб этиб, очколар бўйича "Барса"га етиб олди, 39 ёшли Модрич ўйинда ҳисобни очди  64 21:56Гризманн ўзининг "Атлетико"даги келажагини белгилаб олди  0 21:08Сон Хён Мин "Манчестер Юнайтед"га ўтиши мумкин?!  5 20:01Тибо Куртуа Тедесконинг истеъфосидан сўнг Бельгия терма жамоасига қайтишни хоҳламоқда  7 19:39"Манчестер Юнайтед" ёзда "Барселона" футболчиси билан шартнома имзолашга уриниб кўради  8

La Liga. "Real" yirik hisobda g'alaba qozondi. "Malorka"ning kuchi ikkinchi bo'limga etmadi Yangiliklar

La Liga. "Real" yirik hisobda g'alaba qozondi. "Malorka"ning kuchi ikkinchi bo'limga etmadi

La Liga 5-tur doirasidagi "Real" - "Malorka" o'yini bo'lib o'tdi.

"Real Madrid" – "Malorka" 4:1
11 sentyabr, "Santyago Bernabeu" stadioni
Gollar: 0:1 – 35 Muriki, 1:1 – 45 Valverde, 2:1 – 72 Vinisius Junior, 3:1 – 89 Rodrigo, 4:1 – 90 Ryudiger.

"Real Madrid" – Kurtua, Alaba, Ryudiger, Mendi (Nacho, 59), Kroos, Sebalos (Kamavinga, 69), Valverde, Vaskes (Karvaxal, 71), Azar (Modrich, 59), Vinisius Junior, Rodrigo.

"Malorka" – Raykovich, Maffeo, Nastasich, Railo, Valent, Kosta, Dani Rodriges (Grene, 59), Battalya (Baba, 53), Ruis de Galarreta (Sanches, 59), Li Kan In (Lago Djunior, 78), Muriki (Prats, 78).

Ogohlantirishlar: Nastasich (16), Mendi (25), Maffeo (25), Valverde (34), Railo (39), Alaba (81), Valent (85), Sanches (85).


Real Madrid

Federico Valverde - 45', Vinicius Junior - 72', Rodrygo - 89', Antonio Ruediger - 90'

LaLiga . 5-tur

11/09/2022, 18:00

1
:
4
Tugadi

Mallorca

Vedat Muriqi - 35'

Stadion: Estadio Santiago Bernabeu, 54816 tomoshabin

Bosh hakam: Jorge Figueroa

45'
90'
25'  Ferland Mendy
34'  Federico Valverde
45'  Federico Valverde
45'  Daniel Ceballos
59'  Eden Hazard (Luka Modric)
59'  Ferland Mendy (Nacho Fernandez)
69'  Daniel Ceballos (Eduardo Camavinga)
71'  Lucas Vazquez (Daniel Carvajal)
72'  Vinicius Junior
72'  Rodrygo
81'  David Alaba
89'  Rodrygo
89'  Daniel Carvajal
90'  Antonio Ruediger
90'  Toni Kroos
16'  Matija Nastasic
25'  Pablo Maffeo
35'  Vedat Muriqi
35'  Kang-In Lee
39'  Antonio Raillo
53'  Rodrigo Andres Battaglia (Iddrisu Baba)
59'  Daniel Rodriguez (Clement Grenier)
59'  Inigo Ruiz de Galarreta (Antonio Sanchez)
78'  Vedat Muriqi (Abdon Prats)
78'  Kang-In Lee (Junior Lago)
85'  Martin Valjent
86'  Antonio Sanchez


La Liga musobaqa jadvali va to'purarlar ro'yxati bilan tanishing


Ushbu sahifada uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borishingiz mumkin bo'ldi. 

YANGILASH


Bo'ldi, hakamning final hushtagi yangradi va "Real" irodali, lekin shu bilan birga yirik va nisbatan oson g'alabani tantana qildi. 

Hakam "VAR"ga quloq tutdi va hammasi joyidaligini malum qildi. Bunisi endi yirik hisob.

90+3-daqiqa. GOOOOOL! Ryudiger hujumga keldi va Kroosning uzatmasidan keyin to'pni darvozaga yo'lladi.

90-daqiqa. O'yinning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi. 

89-daqiqa. GOOOOOOOL! Rodrigo raqib himoyasini bir nimalar qilib tashladida xullas. Tarifga so'z ojizdek nazarimda.

88-daqiqa. Endi Kamavingaga nisbatan fol.

87-daqiqa. Vinisius o'yindan zavq olmoqda va har bir harakatiga qo'shimcha sifatida reakciyasini ham qo'shib qo'ymoqda. 

85-daqiqa. Yana usha ish va bu safar hakam mehmonlar vakili Vinisiusga nisbatan fol ishlatdi deb topdi. 

Vinisius raqibni "nerviga" teyishni boshladi. Raqiblari ham uni ayab o'tirmoqchi emas. 

83-daqiqa. "Malorka" ketma-ket ikkinchi marta burchak zarbasini amalga oshiradi.   

79-daqiqa. O'zgarishlar! Li Kan In va Muriki ketdi, Lago Junior hamda Abdon o'yinga qo'shildi.

77-daqiqa. " Water break" uchun pauza. 

75-daqiqa. "Malorka" Kurtua darvozasi oldida vaziyat yaratishga urinmoqda. 

Bu erda albatta Luka Modrich hujumni boshlab berganini ham aytib o'tish lozim.

72-daqiqa. GOOOOOOOL! Rodrigo+Vinisius! "Madrid" hisobda oldinga chiqib oldi 2:1.

70-daqiqa. O'zgarish! Lukas Vaskes o'rniga Dani Karvaxal. Majburiy o'yinchi almashtirishga qo'l urdi Karlo Anchelotti. 

69-daqiqa. O'zgarish! Yomon o'ynamagan Sebalos o'rniga hujumga faolroq qo'shiladigan Edu Kamavinga.

65-daqiqa. Hozir "Malorka" futbolchisi qanday qilib gol ura olmaganini o'zi ham tushuntirib berolmasa kerak. Mehmonlar yana hisobda oldinga chiqib olishlari mumkin edi. 

61-daqiqa. Lukas Vaskesning aylanma zarbasidan keyin to'p darvoza to'qqizligiga borib tushishiga sal qoldi. 

60-daqiqa. O'zgarishlar! Mendi hamda Azar o'rniga Nacho va Modrich o'yinga qo'shildi.  

59-daqiqa. O'zgarishlar! Inigo Ruis va Dani Rodriges o'rniga Kleman Grene hamda Antonio Sanches maydonga tushdi.

58-daqiqa. Toni Kroosning zarbasiga aniqlik etishmadi. 

55-daqiqa. "Real" raqibni qamal qilishda davom etmoqda. 

Rodrigo zarba uchun vaziyat yaratdi, lekin uning urinishi ko'ngildagidek chiqmadi. 

50-daqiqa. Mehmonlar qarshi hujumga qochib ketishlari mumkin edi. Biroq Murikining uzatmasiga aniqlik etishmadi. 

49-daqiqa. "Malorka" to'pni nazorat qilmoqda. 

"Real" darhol hujumga tashlandi. Vinisius to'pni o'zidan uzoqlashtirib yubordi va fol ishlatishga majbur bo'ldi.

46-daqiqa. Ikkinchi bo'lim boshlandi!

45+3-daqiqa. GOOOOLASO! Federiko Valverdedan shedevr! Bu golni shunchaki ko'rish kerak.

45-daqiqa. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.

44-daqiqa. Sebalos oxirgacha kurashdi va raqiblarini dog'da qoldirib, to'pni Vinniga uzatdi, braziliyalikning zarbasiga esa aniqlik etishmadi. 

36-daqiqa. GOOOOOOOL! "Malorka" hisobni ochmoqda. Li Kan Inning uzatmasidan keyin Vedat Muriki to'pni boshi bilan darvoza to'riga yo'lladi 1:0.

35-daqiqa. Ogohlantirish! Valverde katta tezlikda oldinga o'tgan Maffeoni yiqitgani uchun kartochka ishlab oldi.

33-daqiqa. Valverdening zarbasi kuchli, ammo juda noaniq chiqdi. 

32-daqiqa. Lukas Vaskes Li Kan Inning uzatmasini o'tkazmadi. 

O'yinda pauza yuzaga keldi. 

29-daqiqa. "Real"ning uzoq davom etgan hujumi Sebalosning zarbasi bilan yakunlandi, to'p himoyachilardan birini maydonga qulatdi. SHifokorlar yordami zarur.

27-daqiqa. Kroos-Valverde-Rodrigo kombinaciyasi gol bo'lishiga darvozabon yo'l qo'ymadi.

To'pga egalik qilish bo'yicha ko'rsatkich 55% - 45% mezbonlar foydasiga.

25-daqiqa. Ogohlantirish! Ferlan Mendga sariq.

22-daqiqa. Navbatdagi zarba Raykovich uchun muammo tug'dirmadi. 

20-daqiqa. O'zi to'pni olib qo'yib, oldinga oshiqqan Rodrigoning oxirgi zarbasi o'xshamadi.  

17-daqiqa. To'p oldida Alaba va Kroos. Zarbani germaniyalik amalga oshirdi, lekin to'p "jonli devor"dagilarga tegib qaytdi. 

16-daqiqa. Ogohlantirish! Ushbu foli uchun Matiya Nastasich ogohlantirildi. 

15-daqiqa. Lukas Vaskesga nisbatan juda keskin o'ynaldi. Xavfli o'yin va xavfli jarima zarbasi.

14-daqiqa. Bugun umrida ilk bor "qirollik klubi"ni sardor sifatida maydonga olib tushgan Toni Kroos uzoq masofadan zarba yo'lladi.

13-daqiqa. "Real" raqib himoyasining zaif nuqtalarini izlash bilan ovvora.

10-daqiqa. Vinisius tezlikda qanotdan o'tib ketib, jarima maydonchasiga yorib kirib ketayotgandi, ammo... To'pni o'zidan uzoqlashtirib yubordi va kiper uni egallab oldi.

7-daqiqa. "Real" sekin-asta o'yin nazoratini o'z tomoniga og'dirmoqda.

5-daqiqa. Dani Sebalos jarima maydonchasiga kiraverishdan zarba berish uchun imkon topdi, lekin Raykovich ishonchli harakat qildi.

4-daqiqa. "Real" to'pni nazorat qilmoqda.

2-daqiqa. Burchak zarbasidan esa "Malorka" naf chiqara olmadi.

Ilk daqiqadayoq mehmonlar hisobni ochishi mumkin edi. Vedad Muriki qulay nuqtaga chiqib bordi va faqatgina Tibo vaziyat gol bilan yakunlanishiga yo'l qo'ymadi. 

1-daqiqa. O'yin boshlandi!

Sardorlar bosh hakam bilan rasmiyatchiliklarni hal qilib olishmoqda.

Jamoalarning asosiy tarkib azolari maydonga tushib kelishdi.


LA LIGA TURNIR JADVALI

Real Madrid

Federico Valverde - 45', Vinicius Junior - 72', Rodrygo - 89', Antonio Ruediger - 90'

LaLiga . 5-tur

11/09/2022, 18:00

1
:
4
Tugadi

Mallorca

Vedat Muriqi - 35'

Stadion: Estadio Santiago Bernabeu, 54816 tomoshabin

Bosh hakam: Jorge Figueroa

45'
90'
25'  Ferland Mendy
34'  Federico Valverde
45'  Federico Valverde
45'  Daniel Ceballos
59'  Eden Hazard (Luka Modric)
59'  Ferland Mendy (Nacho Fernandez)
69'  Daniel Ceballos (Eduardo Camavinga)
71'  Lucas Vazquez (Daniel Carvajal)
72'  Vinicius Junior
72'  Rodrygo
81'  David Alaba
89'  Rodrygo
89'  Daniel Carvajal
90'  Antonio Ruediger
90'  Toni Kroos
16'  Matija Nastasic
25'  Pablo Maffeo
35'  Vedat Muriqi
35'  Kang-In Lee
39'  Antonio Raillo
53'  Rodrigo Andres Battaglia (Iddrisu Baba)
59'  Daniel Rodriguez (Clement Grenier)
59'  Inigo Ruiz de Galarreta (Antonio Sanchez)
78'  Vedat Muriqi (Abdon Prats)
78'  Kang-In Lee (Junior Lago)
85'  Martin Valjent
86'  Antonio Sanchez



Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика