"Real" "Liverpul"ga qarshi o'yin oldidan jiddiy yo'qotishga uchradi
25 noy 17:58
Yangiliklar
"Real" "Liverpul"ga qarshi o'yin oldidan jiddiy yo'qotishga uchradi
Madridning "Real" jamoasi hujumchisi Vinisius oyog'idan olgan jarohati tufayli safdan chiqdi.
Bu haqda "qirollik klubi" matbuot xizmati xabar bermoqda.
"Qaymoqranglilar" xabariga ko'ra, tibbiy tekshiruvdan o'tgan braziliyalik hujumchining chap sonida jarohat aniqlangan. Vinisius taxminan uch hafta maydonga tusha olmaydi. SHunday qilib, hujumchi CHempionlar Ligasi umumiy bosqichidagi "Liverpul" bilan uchrashuvda "Real"ga yordam berolmaydi.
24 yoshli futbolchi La Liga joriy mavsumida 13 o'yinda maydonga tushdi. Yosh o'yinchi 8 ta to'p kiritdi hamda 5 ta golga assistentlik qildi.
Eslatib o'tamiz, "Liverpul" – "Real" to'qnashuvi 27 noyabrdan 28 noyabrga o'tar kechasi 01:00 da start oladi.
Fikrlar
???? Агар VAR 1955 йилдан бери мавжуд бўлганида, турнирда энг кўп ғолибликни "Милан" қўлга киритган бўлар экан. "Реал"нинг ҳисобида эса 15 эмас, 5 соврин бўларкан.
Шунга кўра, хаққоний рўйхат қуйидагича бўлар эди:
Милан - 8 та
Барселона -7 та
Бавария -6 та
Ливерпул -6 та
Реал М. -5 та
Nima bosayam chiroyli zor oyin guvohi bolaylik (Liverpool muhlisi)
Лекин хакам жим турди