"Real" ketma-ket 8 ta g'alaba bilan boshlab, 54 yil ichidagi eng yaxshi natijasini qayd etdi
15 sen 2022 15:04
Yangiliklar


"Real" ketma-ket 8 ta g'alaba bilan boshlab, 54 yil ichidagi eng yaxshi natijasini qayd etdi
Keyingi o'yin "Atletiko"ga qarshi.
"Real Madrid" 2022/23 yilgi mavsumni juda muvaffaqiyatli boshladi.
Madridliklar mavsum boshida o'tkazilgan sakkiz o'yinning barchasida g'alaba qozonishdi, bu klubning 54 yildagi eng yaxshi seriyasi.
1961/62 yilgi mavsumda ham jamoa ketma-ket 8 ta o'yinda g'alaba qozongan. "Real" faqat 1968/69 yilgi mavsum boshida bundan yaxshiroq qatnashgan. O'shanda "qaymoqranglilar" ketma-ket 11 ta uchrashuvda g'alaba qozonishgan.
"Real" navbatdagi bahsini 18 sentyabr kuni o'tkazadi. Karlo Anchelotti jamoasi La Liganing 6-turida "Atletiko"ga qarshi bahs olib boradi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar