"Real" jamoa yetakchisi bilan yangi shartnoma bo'yicha kelishib oldi

Alisher
31 dek 2020, 16:17
Hujumchi Karim Benzema "Real" bilan yangi shartnoma bo'yicha kelishib oldi.

32 yoshli forvardning Madrid klubi bilan imzolaydigan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Fransiyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2021 yilgaga amal qiladi. Bosh murabbiy Zinedin Zidan forvardning o'yinlaridan mamnun.

Benzema joriy mavsum "Real" safida La Ligada 17ta o'yinda maydonga tushib, 12ta gol 5ta assist qayd etdi.

Eslatib o'tamiz, Benzema "Real"ga 2009 yilda "Lion"dan o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca