"Real" futbolchisining "Arsenal"ga o'tishi deyarli aniq

Alisher
23 iyul 2019, 10:35
Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Dani Sebalos Londonning "Arsenal" klubiga o'tishga yaqin.

"Kanonirlar" Ispaniya yoshlar terma jamoasi futbolchisining transferi bo'yicha kelishuvga erishishdi.

Sebalos 1 yil mobaynida "Arsenal"da ijarada to'p suradigan bo'ldi.

Bitimning to'liq shartlari haqida ma'lumot berilmayapti.

Eslatib o'tamiz, Sebalos Madrid klubidan 1 yilga ketishni xohlayotgani haqidagi xabarlar yangragan edi.

U Madridga 2020 yil yozida qaytadi va "galaktikos"ning asosiy tarkibi uchun harakat qilib ko'radi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: BBC