"Real" Asensioga yangi shartnoma taklif qildi, inglizlar klublari unga ko'proq pul to'lamoqchi
25 fev 2022 21:42
Yangiliklar
"Real" Asensioga yangi shartnoma taklif qildi, inglizlar klublari unga ko'proq pul to'lamoqchi
Madrid klubi yozgacha 25 yoshli o'ng qanot vingerining qolish-qolmasligini bilmoqchi, chunki uning amaldagi shartnomasi 2023 yilning iyunigacha mo'ljallangan. Agar ispaniyalik futbolchi ketishga qaror qilsa, "Real" futbolchisini tekinga tekinga qo'yib yubormaslik uchun uni kelayotgan yozda sotadi.
Asensio "Real"da qolishni istaydi, lekin maoshini oshirishni so'ramoqda. Madridliklar esa futbolchiga hozirgidek maosh bilan 4 yillik shartnoma taklif qilmoqda - yiliga 4,5 million evro. Yangi bitimda yana 1,5 million evro bonus sifatida taqdim etilishi ko'zda tutilgan.
Futbolchining vakillari Angliyada unga yiliga 7 million evrolik shartnoma taklif qilishayotganini aytishmoqda. "Real Madrid" esa Asensioga bunday maosh bermoqchi emas.
Hozirda Markoga "Yuventus", "Bavariya", "Borussiya Dortmund" va bir qancha ingliz klublaridan takliflar bor, ushbu jamoalar futbolchiga "Real"dan yuqori maosh taklif qilmoqda.
Agar Asensio klubdan ketishga qaror qilsa, madridliklar uning uchun taxminan 50 million evro so'rashadi.
Joriy mavsumda yarim himoyachi “Real” safida barcha turnirlar doirasida 28 ta o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol urishga erishdi.
Fikrlar