"RB Leypcig" "Ayaks" hujumchisi bilan shartnoma imzolaydi
05 fev 2021 15:07
Yangiliklar


"RB Leypcig" "Ayaks" hujumchisi bilan shartnoma imzolaydi
"Ayaks"ning 19 yoshli forvardi Brayan Brobbi Germaniya chempionatiga yo'l olishga yaqin.
Futbolchining yangi ish joyi "RB Leypcig" bo'ladi. "Buqalar" u bilan tekinga shartnoma imzolashadi, sababi uning golland klubi bilan tuzgan shartnomasi yozda yakuniga etadi.
"RB Leypcig" Brobbi uchun kurashda Dortmundning "Borussiya" klubidan ustun keldi.
Forvard joriy mavsum Erediviziya doirasidagi 5ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi. Ikkinchi jamoada esa 14ta o'yinda 9ta gol urishga erishgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar