Rayola Ibragimovichning “Boka Xuniors”ga o'tishi mumkinligini rad etdi
26 sen 2019 09:25
Yangiliklar


Rayola Ibragimovichning “Boka Xuniors”ga o'tishi mumkinligini rad etdi
Agent bularni yolg'on xabar deb atadi.
Avvalroq Zlatan Ibragimovichning “Boka Xuniors” klubiga o'tishi mumkinligi haqida xabar berilgandi. Ammo futbolchining agenti bu haqdagi malumotlarni rad etdi.
“Men hech qachon Ibragimovichni “Boka Xuniors”ga taklif qilmaganman. Mutlaqo haqiqatga to'g'ri kelmaydigan xabarlar”, — deya yozadi Mino Rayola.
Malumot uchun, Zlatan joriy mavsum MLS’da 27 ta gol urib, 5 ta golli uzatma berishga ulgurdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar