So’nggi yangiliklar

19:40Гарначо 50 млн евро эвазига бошқа клубга ўтиши мумкин  1 19:15"Атлетико" — "Осасуна". Гризманн ва Альварес асосий таркибда  2 19:10"Арсенал" — "Манчестер Юнайтед". Таркиблар маълум  7 19:05Ўзбекистон U-17 "Сурхон U-21"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  2 19:00"Ўзбек Лоран Блани": Франциялик шарҳловчи Абдуқодир Ҳусановнинг "Манчестер Сити"га трансфери ҳақида гапирди  9 18:30"Абдуқодир Ҳусанов камгап, аммо кучли футболчи" — "Ланс" устози  37 18:15"Венеция" — "Интер". Лаутаро ва Тареми асосий таркибда  2 18:15Абдуқодир Ҳусановнинг укаси "Ланс" академиясида!  7 18:01Уокер Ибрагимович билан музокаралар олиб борди  1 17:21"Барселона" Арауходан норози  2 16:56"Тамворт" — "Тоттенхэм". Таркиблар маълум  0 16:50"Манчестер Сити" "Реал" ўйинчиси билан шартнома имзоламоқчи  5 16:24Эртага Ўзбекистон аёллар терма жамоаси ўз юришини бошлайди  0 15:51"Наполи" Хвичанинг ўрнини Кьеза ёки Зиеш билан тўлдириши мумкин  0 15:22"Бунёдкор" икки ўйинчини ўз сафига қўшиб олди  6

"Rayo" bossi muzokaralar vaqtida agentdan burniga zarba qabul qilib oldi. Mojaro yuqori komissiya sabab kelib chiqdi, o'yinchi bilan esa baribir shartnoma imzolandi Yangiliklar

"Rayo" bossi muzokaralar vaqtida agentdan burniga zarba qabul qilib oldi. Mojaro yuqori komissiya sabab kelib chiqdi, o'yinchi bilan esa baribir shartnoma imzolandi

Yil bitimi.

La Ligada aqlbovarqilmas voqea — "Rayo" prezidenti Raul Martin Presa "Espanol" forvardi Raul de Tomasning agenti bilan muzokaralar vaqtida urushdi.



Unga yuqori komission pul yoqmadi.


Prezident vositachining istaklarini eshitdi va shunchalik g'azablandiki, yuristlardan biriga tashlanib qoldi va tasodifan De Tomasning agenti yuziga zarba berib yubordi. "Rayo" bossi bir necha soniyadan so'ng burnidan zarba qabul qilib oldi — va shifoxonaga engil jarohat bilan yo'l oldi.


Suyak sinmadi, ammo "Valensiya"ga qarshi o'yinni shunday g'amgin holatda kuzatishga to'g'ri keldi:



Keyin malum bo'lishicha, Ivan Garsiyaning agenti Presaning burniga bosh bilan zarba bergan — bu haqda "Rayo" rahbarining o'zi aytib berdi. U buni qo'rqoqning harakati deb atadi.


"Bu jinoiy harakat edi, shuningdek juda qo'rqoq odamning ishi. Agar u meni ogohlantirganida, biz haqiqiy jang qilardik", — deb qo'shimcha qildi Presa.


Klub esa bir necha narsalarga aniqlik kiritgan holda, bayonot bilan chiqdi: u erda aytilishicha, Presa agentga o'zi hujum qilmagan, mojaroning tashabbuskori Ivan Garsiya bo'lgan. "Rayo" prezidenti javoban birdan policiya chaqirdi, tegishli bayonotlar bilan murojaat qildi va vaziyatni boshqacha talqin qilganlarning barchasini javobgarlikka tortmoqchi — ularni feyk deb hisoblamoqda.


Eng asosiysi, De Tomas yakunda — "Rayo" o'yinchisi. Raul ushbu yozda "Real" yoki MYUga o'tishni xohlagandi va klub rahbariyatiga tez-tez shartnomani bekor qilishni va o'rniga "Barselona"dan Martin Breytueytni olib kelish bo'yicha murojaat qildi. De Tomas uchun top-klublar kelmadi, ammo tanish va kamtarona "Rayo" varianti paydo bo'ldi — u 2018 yilda La Ligadagi ilk gollarini shu erda urgan.


"Rayo" o'yinchi uchun mushtlashishga ham tayyor edi, forvard maosh bo'yicha talablarini pasaytirdi — ammo, endilikda yanvargacha futbolsiz o'tiradi, tomonlar transfer oynasi vaqtida kelishuvga erishishga ulgurishmadi.


De Tomas aniq Qatardagi JCHsiz qoldi. 27 yoshli futbolchi o'tgan yili ilk bor milliy jamoada o'ynadi: uni Ansu Fati jarohat olganda chaqirishgandi va Greciyaga qarshi saralash musobaqasida tushirishdi.


Muxlislar "Rayo" prezidentini yomon ko'rishadi. Bunga stadionning tartibsizligi va klubdagi g'alati siyosat tufayli



Muxlislar prezidentdan "Rayo Valekano"dek nafratlanadigan klubni topish qiyin.


Muxlislar doimiy ravishda namoyishlar o'tkazishadi, ular 2019 yilda hatto Presaga hujum ham qilishgan. O'tgan yili Radamel Falkaoning transferi sevgini qaytarmadi: kolumbiyalikning namoyishida muxlislar o'yinchining oldida boss paydo bo'lishi bilan shovqin qila boshlashdi.


Qiziqarlisi shuki, "Rayo" muxlislari prezident bilan 11 yildan beri janjallashishadi. Presa 2010 yilda klubning 97% akciyasini 40 million evrolik qarz bilan 961 evro evaziga xarid qildi. Raul — reklama magnati va marketingni yaxshi tushunadi. U klubni qayta qurmoqchi edi, ammo muxlislarning fikricha, qarorlar ko'pincha qadriyatlarga zid edi. Presa Zozulya va o'ng qanot siyosatchilarni taklif qilishdan tashqari, 2016 yilda Oklaxomada "Rayo Valekano"ning filialini ochmoqchi edi — u erda soliqlar past. "Rayo" muxlislariga bu unchalik ham yoqmadi, g'oya tezda so'ndi.


11 yilda davomida Presaga ko'plab savollar yig'ilib qoldi.


Asosiy etiroz — stadionning "dahshatli" holati.



Yomon tribunalar, yoritishning yaxshi emasligi — muxlislar o'zlari bilan chiroq olib kelishlari kerak. Xavfsizlik muammolari, hojatxonalarda qog'ozning yo'qligi va u erda ham yorug'lik bilan muammo, rakovinalarning iflosligi, hojatxonalardagi muammolar — muxlislarning yoqimsiz kuzatuvlari kollekciyasi.


"Rayo"ning La Ligaga qaytishdan keyingi ilk uy o'yiniga 583ta odam keldi. Bu Presa va uning chiptalar siyosatiga qarshi muxlislar akciyasi edi — u koronavirus bilan bog'liq beqaror vaziyatni bahona qilib, La Ligada abonementlarni birinchi bo'lib bekor qildi. Bundan tashqari, bir martalik chiptalar 25 evro turadi va ularni onlayn emas, faqatgina kassadan xarid qilish mumkin edi.


"Rayo"ning asosiy tarkib futbolchilarining yarmiga bonus to'lovlari kechikmoqda. Buxgalterlarning ketishi (go'yoki) sabab maoshlar kechikkan.


"Rayo"ning ayollar jamoasi — alohida mavzu: bitimlar borasida kelishilgan bo'lsa-da, o'yinchilar shartnomalarsiz shug'ullanishgan. Ularga maoshlar berilmadi, bazi qizlar klub tomonidan ijaraga olingan uylardan haydalgan, bazilari esa mebellar etishmasligi sabab matraslarda uxlashgan. Futbolchilar bunt qilishdi va La Liga rahbariyati bilan bog'lanishdi — faqatgina shunda masala hal etildi.


Fevral oyida internetda "Rayo" ayollar murabbiyining zo'rlash haqidagi ochiqdan-ochiq chaqiriqlari aks etgan audio xabarlar paydo bo'ldi. Prezident muxlislar fikriga umuman etibor bermasligini aytdi.



Aftidan, unda yana muammolar bo'lishi mumkin — muzokaralarda emas, shunchaki ko'chada.



Alisher Ostonov tarjimasi 

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика