So’nggi yangiliklar

00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  4 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  7 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  2 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  4 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  6 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  1 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  2 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  10

Ravshan Haydarov murabbiyligi ostida O'zbekiston U-22 terma jamoasi Toshkentda yig'in o'tkazadi Yangiliklar

Ravshan Haydarov murabbiyligi ostida O'zbekiston U-22 terma jamoasi Toshkentda yig'in o'tkazadi

1999-2000 yilda tug'ilgan futbolchilar uchun xalqaro maydonlarda to'p surish imkoniyatini yaratish, Milliy terma jamoamizga munosib nomzod futbolchilarni etkazib berish maqsadida O'zbekiston U-22 terma jamoasi faoliyati yo'lga qo'yiladi.

Hozirda ushbu yosh toifasidagi ko'plab futbolchilar turli klublar safida O'zbekiston Superligasida ishtirok etayotganligi O'zbekiston U-22 terma jamoasining tarkib topishi zarur ekanligining yana bir muhim omili hisoblanadi.

Ushbu terma jamoaga 2021-yil oktyabr oyida bo'lib o'tadigan U-23 Osiyo chempionati Saralash bahslariga tayorgarlik ko'rish va unda munosib ishtirok etish vazifasi yuklanadi.

SHuningdek, mazkur jamoani shakllantirishda Timur Kapadze boshchiligidagi U-19 O'zbekiston terma jamoasining 2021-yilgi U-20 Jahon chempionatida ishtirok etish ehtimolligi ham hisobga olindi.

2022 yilgi U-23 Osiyo chempionatiga yo'llanma qo'lga kiritilgan taqdirda, O'zbekiston U-22 jamoasi etakchi futbolchilari O'zbekiston U-19 terma jamoasiga qo'shilgan holda O'zbekiston U-23 jamoasi tuziladi.

O'zbekiston U-22 terma jamoasiga bosh murabbiy sifatida tajribali mutaxassis Ravshan Haydarov nomzodi maqullandi. Jamoa vakillari 31 avgustdan 5 sentyabrga qadar Toshkentda o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazadi.

Yig'inga chaqirilgan futbolchilar ro'yxati:


#

F.I.SH

Tug'ilgan yili

Amplua

Klub

1.

Umidjon Ergashev

20.03.1999

Darvozabon

“Nasaf”

2.

Mashhur Muhammadjonov

21.02.1999

Darvozabon

“Nasaf”

3.

Azizxon Isaqov

23.12.2000

Darvozabon

“Paxtakor”

4.

Dilshod Saitov

02.02.1999

Himoyachi

“Nasaf”

5.

Alisher Salimov

22.07.1999

Himoyachi

“Paxtakor”

6.

Husniddin Aliqulov

04.04.1999

Himoyachi

“Nasaf”

7.

Nodirbek Qo'yboqov

02.08.2000

Himoyachi

“So'g'diyona”

8.

Ibrohim Yo'ldoshev

05.06.1999

Himoyachi

“Paxtakor”

9.

Boburjon Asqarov

09.02.1999

Himoyachi

“Lokomotiv”

10.

Behruz SHaydulov

01.12.2000

Himoyachi

“Surxon”

11.

Avaz O'lmasaliev

27.03.2000

Himoyachi

“Lokomotiv”

12.

Muhammadali Namozov

26.10.2000

Himoyachi

“Surxon”

13.

Asadbek Sobirjonov

03.08.2000

Yarim Himoyachi

“Paxtakor”

14.

Daniel Nasriddinov

08.12.1999

Yarim Himoyachi

“So'g'diyona”

15.

Humoyunmirzo Iminov

15.01.2000

Yarim Himoyachi

“Paxtakor”

16.

Akmal Mozgovoy

02.04.1999

Yarim Himoyachi

“Nasaf”

17.

Suhrob Izzatov

15.02.1999

Yarim Himoyachi

“Bunyodkor”

18.

Islom Kenjaboev

01.09.1999

Yarim Himoyachi

“Nasaf”

19.

Bek Abdullaev

11.08.1999

Yarim Himoyachi

“Qo'qon-1912”

20.

Javohir Alijonov

28.01.2000

Yarim Himoyachi

“Lokomotiv”

21.

Kamron Saidazimov

14.02.1999

Yarim Himoyachi

“Lokomotiv”

22.

Jahongir Abdusalomov

21.05.1999

Yarim Himoyachi

“Mashal”

23.

SHohruh Abdurahmonov

19.07.1999

Hujumchi

“Dinamo”

24.

Mahmud Qudratullaev

25.05.2000

Hujumchi

“Metallurg”

25.

Hamidullo Abduhamidov

23.03.1999

Hujumchi

“Qo'qon-1912”

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика