Ravshan Haydarov: "SHunday ajoyib o'yinni muxlislar ko'rmagani achinarli"
10 may 2014 22:17
Yangiliklar
Ravshan Haydarov: "SHunday ajoyib o'yinni muxlislar ko'rmagani achinarli"
O'zbekiston kubogi 1/8 finali dastlabki uchrashuvi doirasidagi "Dinamo" - "Metallurg" (3:3) o'yinidan so'ng maydon egalari bosh murabbiyi Ravshan Haydarov o'z fikrlarini bildirdi.
"O'yin juda qiziqarli o'tdi. Afsuski mana shunday ajoyib bahsni muxlislar ko'ra olishmadi", - deb gap boshladi Haydarov.
"Lekin har ikkala jamoa futbolchilari ochiq futbol namoyish etishdi. Yosh shogirdlarimning xatolari oqibatida bugun g'alaba qozona olmadik. Dastlab ikkita gol o'tkazib yubordik, so'ngra hisobda oldinga chiqib oldik. Lekin baribir g'alabani saqlab qololmadik".
"Bugungi bahsda bir qator asosiy futbolchilarim o'ynashmadi. Mamatkazin, Bobojonov jarohat tufayli bugun maydonga tushishmadi. O'ylaymanki, bugungi bahsda Abdusalimov va Azimov o'zidan yomon taassurot qoldirishmadi. Biroq tajribalari kamligi tufayli gol o'tkazib yubordik".
"Keyingi o'yindan oldin imkoniyatlarimiz mutlaqo teng. Bekobodda ham shunday o'yin namoyish etish mumkin. SHu bois hozircha hech bir jamoada ustunlik yo'q".
"Bugun o'yin muxlislarsiz o'tgani albatta tasir qildi. Futbolchilarning ruhiyatiga tasir qildi. Ayniqsa mezbon jamoa uchun qiyin. Sababi bundan oldingi o'yinlarda futbolchilarim muxlislar daldasiga o'rganib qolgandi".
Behbud Erkinov yozib oldi.

Fikrlar