Ravshan Haydarov: "Dinamo" o'z ustunligini amalda ko'rsatib keyingi bosqichga chiqdi"
20 apr 2014 14:08
Yangiliklar
Ravshan Haydarov: "Dinamo" o'z ustunligini amalda ko'rsatib keyingi bosqichga chiqdi"
O'zbekiston kubogi 1/16 finali doirasidagi "Guliston" - "Dinamo" uchrashuvidan so'ng mehmonlar ustozi Ravshan Haydarov o'z fikrlarini bildirdi.
"O'zbekiston kubogi 1/16 finalida "Guliston"ga qarshi o'yinda aralash tarkib bilan o'ynadik. Bunga bir qator jarohatlar sabab bo'ldi. Uchrashuv bizning ustunligimizda o'tdi. Faqat 2:0 hisobida oldinda borayotganimizda yigitlarimiz biroz bo'shashishdi va gol o'tkazib yubordik. Bu hayajonlanishga va asabiylashishga olib keldi. "Dinamo" o'z ustunligini amalda ko'rsatib keyingi bosqichga chiqdi", - deb gap boshladi Ravshan Haydarov.
"Guliston"da yosh yigitlar ko'p. Ular orasida tajribali Konstantin Boev, Rustam Qodirov, Akbar Sattaev kabi futbolchilar yoshlarni o'sishiga yordam berishadi".
"Dinamo"da asosiy tarkib o'zagini saqlab qolganmiz. Bir nechta yangi futbolchilar olib keldik. O'z oldimizga yuksak maqsadlarni qo'yib mavsumni boshladik. Mavsumni muvaffaqiyatli boshladik deb aytsak bo'ladi. Lekin hozirgacha hech bir o'yinda umuman oson bahs bo'lgani yo'q. "Dinamo" futbolchilari bir jamoa ekanligi va xarakter borligini namoyish etib g'alabalarga erishdik".
Enver Gafarov yozib oldi.

Fikrlar