Ravshan Ermatov AQSH - Kolumbiya o'rtasidagi o'yinni boshqaradi
09 mar 2016 15:53
Yangiliklar


Ravshan Ermatov AQSH - Kolumbiya o'rtasidagi o'yinni boshqaradi
25 va 29 mart kunlari AQSH va Kolumbiya olimpiya terma jamoalari uy-safar tizimida o'yin o'tkazishadi. G'olib jamoa Braziliyadagi Olimpiada o'yinlariga yo'llanmani qo'lga kiritadi.
FIFA ushbu o'yinlarga turkliyalik va o'zbekistonlik hakamlarni tayinladi.
25 mart kuni Kolumbiya mezbonlik qiladigan bahsda turkiyalik Juneyt CHaqir ishlaydi. 29 martda AQSHning Texas shtatida joylashgan "Toyota" stadionida bo'lib o'tadigan o'yinni Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar boshqarib borishadi.
Eslatib o'tamiz, Rio De Janeyroda bo'lib o'tadigan Olimpiada o'yinlarida 16ta futbol jamoasi ishtirok etadi. Hozirga qadar 15ta jamoaning nomi malum bo'lgan.
Yo'llanmaga ega bo'lgan jamoalar: Braziliya, Argentina, Daniya, Germaniya, Portugaliya, SHveciya, Fiji, Gonduras, Meksika, Jazoir, Nigeriya, JAR, Iroq, Yaponiya, Janubiy Koreya.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar