So’nggi yangiliklar

12:49Расман: Суннатуллоҳ Ҳамиджонов "Андижон"га қайтди  0 12:30Еврокубокда ақлдан оздирадиган камбэк! Финляндия клуби "Барселона" ва "Реал"нинг қаҳрамонлигини такрорлади  4 12:05Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Москвага жўнаб кетди  2 11:34"Барселона" икки футболчи билан шартномани бекор қилмоқчи  1 10:54Луис Диаснинг "Барселона"га ўтишига Исаак ёки Экитике сабабчи бўлиши мумкин  2 10:15Лёв ёки Билич келишига Кападзе нима дейди?  64 09:56Серхио Рамосдан "Реал"ни тарк этган Лукаc Васкесга самимий мактуб: "Сени соғинамиз, Пико"  0 09:29Тимур Кападзе: "Қуръа яхши ўтди, ҳаммасини вақт кўрсатади"  6 08:55"Бухоро" иккинчи даврада рақибларини Қаршида қабул қилади  12 08:30"Ўзбекистонда қолсам, "Бунёдкор"дан бошқа жамоага ўтмасдим" — Луис Качорри билан интервью  3 08:00Луис Энрике ПСЖда ортиқча футболчиларни захирага юборди — Асенсио, Солер ва Шкриньяр клуб изламоқда  0 07:28Кристиан Новак: "Мухлислар стадионда тасаввур қилиб бўлмайдиган даражадаги атмосферани яратишади ва биринчи ўйинимни сабрсизлик билан кутяпман"  2 01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  3 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  2 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  6

Raul, Gvardiola, Batistuta - Qatarlik shayxlarni "sog'gan" yulduzlar Yangiliklar

Raul, Gvardiola, Batistuta - Qatarlik shayxlarni "sog'gan" yulduzlar

Qatar Yulduzlar Ligasi XXI asr avvalida rivojlanishning yangi yo'lini tanladi.

2014 yilda uzoqni ko'zlab tuzilgan "Aspire Academy" loyihasi 15 yildan keyin mevasini berganidan xabaringiz bor. SHuningdek, o'sha davrda xalqning futbolga qiziqishini oshirish maqsadida jahon futbolining eng yorqin yulduzlarini juda ham katta pullar evaziga taklif qilish jarayoni boshlandi. Evrofutboldagi faoliyati oxirlab qolganlar esa "yog'li" takliflarni jon-dili bilan qabul qildi.

Qatar shayxlarining takliflarini rad qilmagan katta futbolchilar ro'yxatini etiboringizga taqdim qilamiz. O'qing, faqat qo'rqmang:)

"Al Arabi"da o'ynagan legionerlar:

Gabriel Batistuta (Argentina) — faoliyati davomida "Fiorentina", "Roma" va "Inter" jamoalari sharafini himoya qilgan futbolchi 2003-2005 yillarda Doha jamoasida o'ynagan.

SHtefan Effenberg (Germaniya) — 2003-2004 yillar. U "Bavariya" bilan CHempionlar Ligasining 2001 yilgi g'olibiga aylangan.

"Al Sadd"da o'ynagan legionerlar:

Romario (Braziliya) — 1994 yilgi jahon chempioni 2003 yilda Doha klubida to'p tepgan.

Frank Lebyof (Franciya) — 2003-2004 yillar. 1998 yilgi jahon, 2000 yilgi Evropa chempioni kelasi mavsumni "Al Vakra" safida o'tkazgandi.

Raul Gonsalez (Ispaniya) — 2012-2014 yillar. "Real Madrid" tarixidagi eng buyuk futbolchi "SHalke"dan keyin Qatar maydonlariga tashrif buyurgandi.

Xavi (Ispaniya) — 2015-2019 yillar.

Gabi (Ispaniya) — 2018-2020 yillar.

"Al Ahli" (Doha) tarixidagi eng mashhur futbolchi Xosep Gvardiola (2003-2005 yillar) hisoblanadi.

"Al Garafa"da o'ynagan legionerlar:

Sonni Anderson (Braziliya) — 2005-2006.

Junino Pernambukano (Braziliya) — 2009-2011.

Marsel Desayi — 2004-2005.

Uesli Snayder (Niderlandiya) — 2018-2019.

"Qatar SK"da o'ynagan legionerlar:

Klaudio Kanidja (Argentina) — 2003-2004.

Kristof Dyugarri (Franciya) — 2004-2005.

Jey-Jey Okocha (Nigeriya) — 2006—2007.

Samyuel Eto’o (Kamerun) — 2018-2019.

"Ar-Rayyan"da o'ynagan legionerlar:

Roke Junior (Braziliya) — 2008.

Sabri Lyamushi (Franciya) — 2006-2007.

Mario Basler (Germaniya) — 2003-2004.

Frank de Bur (Niderlandiya) — 2004-2005.

Ronald de Bur (Niderlandiya) — 2004-2005.

Fernando Yerro (Ispaniya) — 2003-2004.

Yuqorida Qatar Yulduzlar Ligasi tarixidagi eng mashhur legionerlar bilan tanishdingiz. Sizningcha, O'zbekiston chempionati tarixidagi eng kuchli legioner kim?

Muallif :
Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика